Mixail Kondratyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Mixail Kondratyev

Mixail Nikolayevich Kondratyev (1879-yil, Rostov-Donu – 1943-yil, Toshkent) – rus meʼmori, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Taganrogdagi bir qator turar-joy binolari muallifi. Rus modern va konstruktivizm ustalaridan biri. Zodagon[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Nikolayevich 1879-yilda Rostov-Don shahrida davlat maslahatchisi Nikolay Kondratyev oilasida tavallud topgan. Kondratyevlar Rostovning markazida, hozirgi Universitetskiy tor koʻchasi va Pushkinskaya koʻchasi hududida yashagan. Mixail bu yerda gimnaziyada oʻqigan, u rasm chizish boʻyicha yagona aʼlochi talaba edi. Petrovskiy nomidagi maktabda Pyotr Vrangel bilan bir sinfda oʻqigan.

Mixail imperator Nikolay I qurilish muhandislari institutida tahsil olgan[2].

Mixail Kondratiyev institutni tugatgandan soʻng, Sankt-Peterburgda yettita bino uchun loyihalarni amalga oshirgan, ulardan ikkitasi hozirda buzib tashlangan.

Kondratyev Rostovga qaytib, qurilish muhandisligi bilan shugʻullanagan. „Priazovskiy kray“ gazetasi uni 1913-yilda „shahar meʼmori“ deb atagan. 1927-yilda Kondratiyev Donskaya qurilish munitsipal idorasida texnik ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Kondratyev loyihasi boʻyicha 1929-yilda Taganrogda SSSRda birinchi „Krugliy dom“ deb nomlangan turar-joy binosi, qurilgan[3]. Dumaloq uy hozir ham saqlanib qolgan.

Kondratyevning murosasiz tabiati kasbiy masalalarda muammolar tugʻdirdi. Shu sababli Landvorets qurilishidan chetlashtirildi. Uning doʻsti, meʼmor Leonid Eberg „Noviy bit“ qurilishini tugatdi. Kondratiyevning hibsga olinishiga yangi tizimning vazifalarini tushunmasligi va oʻzlashtirishda ayblash sabab boʻldi.

Mixailning Qizil Bogʻ shahridagi maktab loyihasi va „Kooperativnaya smichka stroiteley“ koʻp qavatli turar-joy binosi loyihasi amalga oshmay qolgan.

Rostov-Don fashistlar tomonidan bosib olingandan soʻng, Mixail Kondratyev Toshkentga evakuatsiya qilingan. U Toshkentda vafot etgan va shu yerga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Гражданский инженер Кондратьев“ (ru-RU). Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  2. „МИХАИЛ НИКОЛАЕВИЧ КОНДРАТЬЕВ“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  3. Kirichek M. S., Kukushin V. S. Krugliy dom // Taganrog. Ensiklopediya. – Taganrog: Anton, 2008. – S. 424. – ISBN 978-5-88040-064-5.