Bersim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Misr sebargasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bersim
Trifolium alexandrinum eF.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Tur: Bersim
Binomial nomi
Trifolium alexandrinum

Bersim, misr sebargasi (Trifolium alexandrinum) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, yemxashak ekini. Baʼzan koʻkat oʻgʻit uchun ham ekiladi. Misr, Pokiston, Hindiston, AQShda, shuningdek Oʻzbekistonning sholikor hududlarida keng tarqalgan. B. oʻqildizli (1 —1,5 m gacha chuqurlikka kiradi) oʻsimlik. Poyasining balandligi 80—100 sm, sershox, toʻgʻri oʻsadi. Barglari mayda, uzun bandda joylashgan. Toʻpgulli yumaloqchoʻziq (uz. 2—4 sm), gullari oq, pushti, sargʻish rangda. Mevasi bir urugʻli dukkak. Uruglari yaltiroq sariq rangda (1000 dona urugining vazni 2,8—3,5 g). Urugʻi 6— 8° da unib chiqadi. Pichani yumshoq, xushxoʻr. Tarkibida 9,3% protein, 2.4% yog , 46,0% uglevodlar bor. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Kuzda yoki bahorda ekiladi. Uruglik ekish meʼyori 12–16 kg/ga. Gullay boshlaganda oʻriladi. Hosildorligi 70—80 s/ga, bir yilda uchturt bor oʻriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil