Mirzoxon Ansoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzoxon Nuriddin oʻgʻli Boyazidning nabirasi boʻlib, uning tavallud topgan yili nomaʼlum, ammo vafot etgan vaqti aniq. Davlat Lavonayning qasidalarining birida, Mirzoxon va uning oʻgʻli Abdulhakim 1040-yilda, yaʼni xijriy 1630-1631-yillarda jangda halok boʻlganligini, Shamsiobodda dafn etilganligini yozadi. Rovertining maʼlumotiga qarganda, Mirzoxon umrining oxirida Boburiylar xizmatida boʻlganligi „Xolnoma“ asarida tasdiqlangan. Mirzoxon Ilohdod bilan birgalikda boburiylar qoʻliga oʻtgandan keyin Dekan katta yerga ega boʻlgan. Shu bilan birga, u rushoniylar dushmanlari-yusufzoylar bilan kurashni davom ettirgan va jangda xalok boʻlgan. Ali Muhammad Muhlis Mirzoxonni maʼnaviy murabbiysi sifatida „ Xolnomada“ yodga olgan. Ali Muhammad Muhlis taʼriflashicha, Mirzoxon bilimdon, kamtar, sodda, quvnoq, salohiyatli deb taʼrif bergan. Mirzoxon Ali Muhammad Muhlisning otasi Abdubakirga doʻst tutingan. Janglarda birga qatnashgan. Davlat Lavoniy Mirzoxonga shunday taʼrif bergan:Piri Rushoniy-bilimlar shahri boʻlsa, Mirzoxon Ansoriy esa, uning darvozasidir.

Mirzoxon Ansoriyning ilmiy merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzoxonning merosi uning devonida jamlangan. Devoni uch marotaba nashr qilingan. Uchinchi nashr eng diqqatga sazovar joyi 1975-yilda Kobulda nashr qilingan. Bu kitobni Afgʻonistonning yirik filologlaridan biri Doʻst Muhammad nashrga tayyorlagan. Devouring oxirida lugʻat ilova qilgan. Bu nashrda: 2848bayt, 238ta gʻazal(31tasi „ Alifnoma“ anʼanasiga) muvoffiq yozilgan. 574 bayt, 14 qasida,9 band,1ta muxammasdan iborat. " Sham va Parvona suhbati " sarlovlali 6banddan iborat. Hammasi boʻlib, 50baytdan iborat. Devoni: 3516bayt, 7032 misradan iborat. Mirzoxonning poeziyasida, buvasi Boyazid Ansoriyni diniy- tasavvufiy, falsafiy dunyoqarashlarini davom ettirdi.

Sheʼriy tahlili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning sheʼriyatida asosan tasavvuf gʻoyasi oʻz aksini topgan. U shunday deydi: Xudo- oʻz jamolini koʻrish uchun qasrat dunyosini yaratdi. Shub dunyodagi Har bir narsa oʻzida xudoni aks ettirgan. Xudo hamma yerda, u borliq dunyoda ajralgan holda emas. Xudo olam birligi, bir butundir; yaʼni „ Vahdat ul- vujud“ kansepsiyasi yotadi. U sheʼriyatda shunday deydi: „ daraxt, nihol ildizsiz boʻlmaganidek, inson ham oʻzining substansiyasi- oʻz zotidan alohida emasdir. Borliq- okean, qasrat dunyosi-uning tomchilaridir!“ Yana bir sheʼrida esa;" Qarab tursang, ajoyib hikmatdir dunyo. Chunki, birinchidan, xudo.ikkinchidan xudoni aks ettiruvchi oynadir"-deydi. Xudoni bilishni u shunday deydi;"Dil koʻzi bilan Xudoni yod etish, zohidlik olamiga kirish, tarkidunyo orqali xudo Visalia yetishish mumkin. Zohiriy- namoz, roʻza va hakozo boʻlib, xudoni mohiyatiga toʻla yetishib boʻlmaydi. U sheʼrlarida chalamullalarni, xalqni aldayotgan dindor shayxlarni, mullalarni tanqid ostiga olgan. Rushoniylar harakati barcha Moddiy narsalardan, oʻtkunchi narsalardan hayot tarzini ustun qo yishgan. Ularning fikricha, haqiqiy mukammal inson sodda hayot kechiruvchi, oʻz mehnati bilan kun kechiruvchi, mol- mulkni tan olmaydigan, amallarga qiziqmaydigan insonlarni nazarda tutadi. U hamma insonlarni xudo oldida tengdir degan. U bir sheʼrida, „ Ey Mirzo! insonlar oʻz tashqi koʻrinishi ichki mohiyati bilan katta, kichik boʻlsa-da, xudo oldida hamma tengdir.“ Shoir Zolim mulkdorlarni ayiq tabiat kishi tarzda tasvirlaydi. " „Ey sen zolim!sen qachon oʻz ayiqsifat, odatingdan mahrum boʻlasan!Axir sen zulming bilan mazlumlarning qalbiga ozor yetkazding-ku!“ Sshoir ishqiy mavzuda ham sheʼrlar, gʻazallar yozgan. Bu ishq tasavvuf ishqidir. Bulbs, gul, oshiq, mashuqa, may tasavvuf maʼnoda, Allohga boʻlgan ishq. Bu ishq insonga emas, ilohiy olamga qaratilgan. U qiyin diniy tushunchalarini sodda ifodalagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

•Muhammad Haydar, Joʻbal. Nigohi be adabiyoti muosrri Afgʻoniston,Kobul-1337hijriy.

  •Mavlono Xasta, yodi az raftagon.Kobul- 1344.