Mirzo Gʻolib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirzo Asadullaxon Gʻolibdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mirzo gʻolib, Mirzo Asadullaxon Gʻolib [1797.27.12, Akbar-obod (hozirgi Agra) — 1869.15.2, Dexli] — shoir, faylasuf, tarixchi, lugʻatshu-nos olim. Asli samarqandlik. Buvasi Mirzo Qoʻqonbek Xon 1748—49 yillarda Samarqanddan Hindistonga keladi va Lohurda lashkarboshi etib tayinlanadi. Otasi Abdullabek Xon Lakxnau, Haydarobod va Alvarda yollanma harbiy askar boʻlib xizmat qilgan. 15 yoshida Asad va Gʻolib taxalluslarida sheʼrlar yoza boshlagan shoir keyinchalik Dehliga koʻchib ketadi. Bu yerda fors shoirlari asarlari bilan tanishadi, ayniqsa, Bedil sheʼriyatiga koʻngil bogʻlaydi. 1817 yil u yana Agraga qaytadi.

M.F. 2 qismdan iborat "Partaviston" ("Nuriston"), "Mehri nimroʻz" ("Peshin quyoshi", 1885) nomli tarixiy asarlar muallifi. M.F. Bahodir Shoh Zafar saroyida solnomachi unvoniga ega boʻlgach, unga temuriylar sulolasi tarixini yozish ishi topshiriladi. "Mehri nimroʻz" kitobi ayni shu maqsadda yozila boshlagan. M.F. uning faqat 1kitobini yozib tugatgan. Bu asar Humoyun hukmronligi davrigacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. M.Gʻ.ning "Kulliyoti nazmi forsi" ("Forscha sheʼrlar toʻplami"), "Sabadchin" ("Guldasta") sheʼriy toʻplamlari badiiy ijodning gʻazal, qasida, masnaviy, ruboiy, tarkibband va tarjiʼband kabi janrlaridan tashkil topgan.

M.Gʻ.ning urdu devoni — "Devoni Gʻolib" (1841) asari mashhur. 1800 baytdan iborat bu sheʼriy majmua urdu tilida 100 marta nashr etilgan. Fors tilida yozilgan "Kulliyoti Gʻolib" asari ham bor. "Ud i hindiy" ("Hindning xushboʻy novdasi") va "Urduye muallo" ("Oliy urdu") kabi asarlari M.Gʻ.ning doʻstlari, zamondosh shoirlar va boshqa tanishlariga yoʻllagan maktublarini oʻz ichiga olgan.

M.Gʻ. tilshunoslik va lugʻatchilikda ham katta yutuklarga erishdi. Uning "Tegʻi tez" ("Oʻtkir togʻ"), "Latoyifi gʻaybi" ("Maxfiy latifalar"), "Savoloti Abdulkarim" ("Abdulkarim savollari") kabi asarlarida fors va arab tili lugʻatlari, umuman, lugʻatchilikning mohiyati haqidagi fikrlar bayon etilgan. M.Gʻ.ning diqqatga sazovor asarlaridan yana biri — "Panj ohang" ("Besh ohang") boʻlib, u 5 qismdan iborat. lqismida noma yozishning tartib va usullari, 2qismda lugʻatchilik haqida soʻz boradi. Asarning 3qismida nomalarda sheʼriy parchalardan foydalanish haqida yozilgan. 4qism M.Gʻ.ning boshqa shoir va adiblar asarlariga yozgan taqriz va debochalaridan iborat. Soʻnggi kiyem esa shoirning 1826—52 yillar mobaynida oʻz doʻstlari — davrning peshqadam shoir va mutafakkirlariga yozgan maktublaridir.

Urdu adabiyotining rivojida M.Gʻ.ning hissasi katta. U gʻazalni faqat nozik tuygʻularni emas, iqtisodiyfalsafiy va siyosiy fikrlarni ham ifodalash vositasi deb bildi. Shoir sufiylikdagi mistitsizmga qarshi ilgʻor gʻoyalarni ilgari surdi. M.Gʻ. inson — mutlaq haqiqatning inʼikosi, degan falsafiy konsepsiyada turdi. U inson boshqa jonli mavjudotlardan ishonch, istak va qobiliyatga ega boʻlganligi bilan farq qilishini taʼkidlaydi.

M.Gʻ. Dehlidagi Nizomiddin Avliyo qabristoniga dafn etilgan. Sheʼrlar toʻplami (Rahmonberdi Muhammadjonov, Yongʻin Mirzo tarjimasi), gʻazallari (Shoislom Shomuhamedov tarjimasi) oʻzbek tilida nashr etilgan. Tosh-kent shahridagi koʻcha, mahalla, mayejid M. Gʻ. nomiga qoʻyilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Shaydo, 1965; Gʻazallar, T., 1975.

Muhayyo Abdurahmonova.