Turob Miraliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Miraliyev Turobdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Turob Miraliyev (1872- Toshkent — 1951) — laganpaz kulol, Toshkent kulollik maktabining yirik namoyandasi. Kulollikda lagan yasash va uni bezashda ("Turob laganpaz" nomi bilan) mashhur boʻlgan. Otasi usta Mirvalidan hunar oʻrgangan. 1923 yildan "Jo-non" artelida kulol, soʻng Toshkent badiiy oʻquv i.ch. k-tida bosh usta boʻlib ishlagan. M. yaratgan buyumlar bezagi oʻziga xos, oʻsimliksimon naqshlari nafis va jozibali, laganlar bezagi mujassamoti markaziga turli tasvirlar (kishilar qiyofasi va boshqalar)ni joylashtirgan; chizma gul solishning oʻziga xos uslubini rivojlantirgan. M.ning asarlari respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalarida (jumladan, Parij xalqaro koʻrgazmasida Kumush medal va diplom bilan) baholangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil