Kontent qismiga oʻtish

Mir Ali Doʻst Rafiqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirali Doʻst Rafiqiydan yoʻnaltirildi)

Mir Ali Doʻst Rafiqiy (15-asr) – xurosonlik fors shoiri, Husayn Boyqaroning beklaridan Alaykabekning nabirasi. Ushbu shoirning nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning muloyim tabʼli yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi[1]:

Davoyi dardi dili xeshro koʻjo joʻyam,

Koʻjo ravam, chi kunam, holi dil kiro goʻyam[2]?

(Mazmuni: Dilim dardining davosini qayerdan qidiray, qayerga boray, nima qilay, dilim ahvolini kimga aytay?)

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. Sharq NMAK, 2016. 
  2. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois.