Kontent qismiga oʻtish

Mir Gʻiyosiddin Aziz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mir Gʻiyosiddin Aziz (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhadda Imom Ali Muso ar-Rizo ziyoratgohida boshliq va viloyat ulugʻlaridan ekani, taʼrifida soʻz ojiz qilishini aytib, Mir Gʻiyosiddin Azizga nisbat beriladigan quyidagi matlaʼni keltiradi:

Bozam az dasti bute domoni ismat chok shud.

Juz xayolash har chi bud, az lavhi xotir pok shud.

(Mazmuni: Sanamning dastidan poklikning etagi yirtildi. Xotira sahnida xayolidan oʻzga nimaiki boʻlsa, oʻchib ketdi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.