Mir Ali Kotib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alloma

Ism

Mir Ali Kotib

Tavalludi

1476-yil

Vafoti

1546-yil

Falsafa maktabi


Mir Ali Kotib — (1476—1546) — alloma va shoir. Mavlono Mir Ali Kotib 1476-yil Buxoroda tavallud topgan. H.Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ kitoblarida yozilishicha, Mavlono Mir Ali sayidzoda (yaʼni Hazrati payg‘ambar s.a.v.ning avlodlari) bo‘lib, o‘z zamonasining buyuk xattoti, shuningdek, shoir, alloma edilar. Mir Ali Kotib tomonidan nastaʼliq xatida ko‘chirilgan kitoblar jahondagi kutubxonalarda ko‘z qorachig‘idek asralmoqda[1]. „Muzakkiri ahbob“da yozilishicha, Ubaydulloxon nomiga xutba o‘qiganda (yaʼni shohlik taxtiga o‘tirganda) quyidagi tarixni Mir Ali bitganlar: Shukrulloh, ki ba tavfiqi Xudoy, Gasht imro‘z jahon rashki jinon. Xusrave xoni jahon shud ki bo o‘st, Faxri shohon sharafi ahli zamon. Homii millatu dini nabavy, Mo hayyi ahli fasodu isyon. Soli tarix zi dil justam, guft: „Volii mulk Ubaydulloxon“. Mazmuni: Tangriga shukurki, Xudo inoyati bilan yer yuzi butun jannat rashqini kelturuvchi joyga aylandi. Chunki shohlar faxri, zamon ahli sharafi bo‘lmish bir podshoh jahonga xon bo‘ldi. Nabaviy millati va dinning homiysi, buzuq va dinsizlarni qaytarguvchn kishi. Tarix yilini dildan so‘rasam, dedi: „Mulk voliysi Ubaydulloxon“. „Volii mulk Ubaydulloxon“dan hijriy 940 hosil bo‘ladi. Mavlono Mir Ali vafotlariga bag‘ishlangan qitani yozgan Mirzobek aytadiki, Mavlono Mir Ali vafot qilganlaridan so‘ng u kishini tushimda ko‘rdim va so‘radim: „Vafotingiz tarixi qandoq bo‘lur?“ Mavlono Mir Ali menga dedilar: „Mir Ali favt namuda“ misrasidan tarixni topgaysiz. Uyqudan uyg‘onib quyidagi qita tarixni bitdim: On bahri fazoil, sari arbobi hunarro, Dar voqea didam bo atvori sutuda, Guftam ki tarixi vafoti tu chi go‘yam? Gufto, ki bigo‘: „Mir Ali favt namuda“. Mazmuni: U fazilatlar dengizi, sanʼat ahlining sarvari bo‘lgan zotni tushimda ko‘rdim. Vafot etgan yiling taʼrixi ne, deb so‘radim. Dediki: „Mir Ali favt etdi“ deb aytgil. Abjad hisobida „Mir Ali favt namuda“ misrasidan 951 yil hosil bo‘ladi. Bu sana milodiy 1546-yilga to‘g‘ri keladi. Mavlono Mir Ali Kotibning muborak qabrlari Shayxul Olam hazratlarining yonlaridadir[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.