Mintaka
Mintaka (δ Ori / Orion deltasi) ― Orion yulduz turkumidagi koʻk supergigant boʻlib, „Orion kamari“ asterizmini tashkil etuvchi uchta yulduzning oʻng tomonida joylashgani tushuniladi. Bu nom arabcha منطقة — „Kamar“ dan olingan. Mintaka yulduz turkumidagi yorqinligi boʻyicha 7-yulduz boʻlsa-da, Iogann Bayer unga Orion δsi belgisini berdi[1].
Orion δ si - karrali yulduzdir. Eng yorqin komponentdan 52 ″ burchak masofasida hatto kichik teleskop bilan 7-chi yulduz kattalikidagi oq hamrohni koʻrishingiz mumkin. 14 chi yulduz kattalikidagi xira komponent undan ham yaqinroq. Asosiy komponent, oʻz navbatida, O9.5 va B0 sinflarining ikkita koʻk-oq gigantlaridan tashkil topgan spektroskopik qoʻshaloq yulduz hisoblanadi. Ikki yulduzning har biri Quyoshnikidan 20 marta ogʻirroq va 70-90 ming marta yorqinroq. 5,73 kunlik davr bilan umumiy massa markazi atrofida aylanib, yulduzlar bir-birini qisman yopib qoʻyishadi, bu esa Mintaka yorqinligining 2,26 m dan 2,14 m gacha oʻzgarishiga olib keladi.
1904-yilda nemis astronomi Iogan Xartman Mintaka spektrini oʻrganayotganda yulduzlararo fazoda gaz borligini aniqladi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „VizieR Detailed Page“ (en). — информация из ОКПЗ. 19-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-sentabr 2009-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bright Star Catalogue(Inglizcha)
- Mintaka(Inglizcha)