Mindanao
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 97 530 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Apo |
Ma'muriyat | |
Davlat | Filippin |
Demografiya | |
Aholisi | 27 021 036 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Mindanao — Filippin arxipelaginingjandagi orol. Kattaligi boʻyicha Luson o.dan keyin 2-oʻrinda. Maydoni 94,6 ming km². Relyefida eng baland joyi 2954 m boʻlgan vulkan massivlari bilan pasttekisliklar almashinib keladi. M. murakkab konfiguratsiyam ega, yirik qoʻltiqlar va tor, okean ichiga uzoq kirib borgan yarim orol koʻp. Zamini slanets, qumtosh, ohaktosh, bazalt jinslaridan tuzilgan. Seysmik faol, harakatdagi vulkanlar bor. So-hilboʻyi pasttekisliklari va yirik togʻ oraligʻidagi vodiylar botqoqlashgan. Koʻmir, temir rudasi va rangli metall konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, mussonli, jan.da ekvatorial iqlim, havo temperaturasi yil boʻyi tekisliklarda 25—28°. Yillik yogʻin 1000 mm dan 4000 mm gacha. Asosiy da-ryolari — Mindanao, Pulangi va Agusan. Tropik va mussonli oʻrmonlar, sohil qismida mangra oʻrmonlari usadi. Kokos palmasi plantatsiyalari bor, sholi ekiladi, ananas yetishtiriladi. M.da Davao, Zamboanga shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |