Blinkmikroskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Miltillovchi mikroskopdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Blinkmikroskop , miltillovchi mikroskop — yulduzlarning xususiy harakatini, yorqinligini aniqlash, kometa va mayda sayyoralarni topish maqsadida osmon muayyan bir qismining turli vaqtlarda olingan ikki fotosuratini taqqoslash uchun ishlatiladigan asbob. Ikkita obʼyektiv va bitta okulyardan iborat; okulyar oldiga fotosuratni birinketin kurishga imkon beruvchi qoʻzgʻaluvchan toʻsqich qoʻyilgan. Toʻsqich zarur paytda qoʻl yoki motor yordamida suriladi. Bunda koʻpchilik yulduzlarning ustmaust tushgan tasvirlari oʻzgarishsiz, harakatdagi yulduzlarning tasviri bir joydan ikkinchi joyga sakrab oʻtgandek, oʻzgaruvchan yulduzlarning tasviri esa miltillab koʻrinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil