Milne Bay provinsiyasi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Milne Bay provinsiyasi Milne Bay Province | |
|---|---|
|
| |
| 10°15′0″S 150°0′0″E / 10.25000°S 150.00000°E | |
|
|
Milne Bay Papua-Yangi Gvineyadagi provinsiyadir. Poytaxti — Alotau. Viloyat 14,345 km² quruqlik va 252,990 km² dengizni egallaydi, viloyat hududida 600 dan ortiq orollar mavjud boʻlib, ulardan 160 ga yaqinida aholi yashaydi. Viloyatda 276 000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi, ular 48 ga yaqin tilda soʻzlashadi, ularning aksariyati avstroneziya tillari oilasining Sharqiy Malayo-Polineziya boʻlimiga tegishli. Iqtisodiy jihatdan viloyat turizm, palma yogʻi va Misima orolida oltin qazib olish bilan bogʻliq; bu yirik tarmoqlarga qoʻshimcha ravishda kakao va kopra etishtirish boʻyicha koʻplab kichik qishloq loyihalari mavjud. Viloyatda Milne koʻrfazida Ikkinchi jahon urushi jangi boʻlib oʻtdi[1].
Geografiya va Tabiat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orollar olami
[tahrir | manbasini tahrirlash]Provinisiya tarkibi 600 dan ortiq orol boʻlib, ulardan eng mashxurlari Troriand, D’Entrecasteaux, Woodlark va Louisiade arxipelaglaridir.
Dengiz biologik xilma-xilligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milne Bay „Marjon uchburchagi“ (Coral Triangle)hududida joylahsgan boʻlib, dunyodagi eng toza va turli-tuman marjon riflariga ega. Bu yerda gʻavvoslar (dayverlar) uchun haqiqiy jannat hisoblanadi.
Madaniyat va Anʼanalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kula almashinuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu yerda „Kula ring“ deb ataladigan noyib marosimli almashinuv tizimi mavjud. Odamlar orol boʻylab kanoelarda suzib, ijtimoiy mavqe va doʻstlikni mustaxkamlash uchun qizil chigʻanoqli boʻyinbogʻlar va oq bilaguzuklarni almashadilar.
Matrilineal jamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpgina mahalliy jamoalarda meros va nasil-nasab ona tomonidan belgilanadi (matrilineal tuzum).
Kenu va Kundu festivali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har yili Alotauda oʻtkaziladigan ushbu festivalda anʼanaviy kanoe (kenu) poygalari va baraban (kundu) sadolari ostida raqslar namoyish etiladi.
Tarixiy ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi jahon urush
[tahrir | manbasini tahrirlash]1942-yilning avgust -sentabr oylarida sodir boʻlgan Milne Bay jangi tarixda muhim iz qoldirgan. Bu jangda ittifoqchi kuchlar Yaponiya quruqlikdagi qoʻshinlarining birinchi yirik magʻlubiyatini taʼminlangan.
Eski markaz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarai oroli oʻz vaqtida provinsiyaning iqtisodiy markazi va yirik savdo porti boʻlgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud iqtisodiyoti asosan palma yogʻi ishlab chiqarish, turizm va kichik hajmdagi kakao hamda kopra (quritilgan kokos magʻizi) yetishtirishga tayanadi. Misima orolida ilgari yirik oltin koniham mavjud boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Seligman, C.G.. The Melanesians of British New Guinea. Cambridge: Cambridge University Press, 1910 — 41–42-bet.