Milliy ozchiliklarga mansub shaxslar huquqlarini taʼminlash to‘g‘risidagi Konventsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Milliy ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini taʼminlash toʻgʻrisidagi konventsiya — 1994-yil oktabr oyida Moskva shahrida imzolangan xalqaro shartnoma. MDHning oʻnta davlati (Ukraina va Ozarbayjon — turli shart va eʼtirozlar bilan) tomonidan imzolangan. 1997-yilda Belarus, Ozarbayjon va Armaniston tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyin kuchga kirgan. Shuningdek, Tojikiston 2001-yili, Qirgʻiziston esa 2003-yili ratifikatsiya qilgan va ushbu respublikalarda kuchga kirgan. Konventsiyaning bajarilishini nazorat qilish MDH Nizomida nazarda tutilganidek Inson huquqlari boʻyicha komissiya zimmasiga yuklatilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]