Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (MOQA) 1979-yil iyun oyida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.

Assotsiatsiyaga jami 206 ta Milliy olimpiya qoʻmitasi aʼzo boʻlgan.[1]

Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi prezidentlari
Prezident Mamlakat Prezidentlik davri
Mario Vaskes Rana  Meksika 1979-2012
Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabah  Quvayt 2012 — …

Prezidentlarga oid faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mario Vaskes Rana tashkilotga 33 yil prezidentlik qilgan. Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabah, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashi prezidenti hamdir.

Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assotsiatsiyaning oliy boshqaruv organi Bosh Assambleya hisoblanadi. Yilda bir marta Bosh Assambleya yigʻilishi oʻtkazilib, unda barcha aʼzolar, yaʼni 206 ta Milliy olimpiya qoʻmitalari ishtirok etadilar. Har toʻrt yilda bir marotaba Bosh Assambleyaning navbatdagi yigʻilishida saylovlar oʻtkazilib, prezident, birinchi vitse-prezident, shuningdek, ijroqoʻm aʼzolari saylanadi. Bosh Assambleya yigʻilishlari orasida yiliga kamida ikki marotaba Ijroqoʻm aʼzolarining uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Ijroqoʻm aʼzolari 5 ta mintaqaviy uyushmalardan 4 yil muddatga saylangan vakillardan iboratdir. 5 ta mintaqaviy uyushmaga Afrika, Amerika, Osiyo, yevropa va Okeaniya kiradi.

Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining roli va maqsadlari:

  • Milliy olimpiya qoʻmitalarining umumiy va jamoaviy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish;
  • Olimpiya xartiyasiga asoslangan holda olimpiya harakatini va asosiy tamoyillarini targʻib etish maqsadida Xalqaro olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilish;
  • Milliy olimpiya qoʻmitalari ravnaqini taʼminlab, qoʻllab-quv vatlovchi hamda resurslarni samarali taqsimlashga qaratilgan dasturlarni ilgari surish maqsadida Olimpiya birdamligi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Milliy olimpiya qoʻmitala rini universal tamoyillar asosida boshqarishiga koʻmaklashish;
  • Olimpiya harakatining uzviy qismi hisoblangan mintaqaviy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va ularni tan olish;
  • Irqiy, diniy, siyosiy, jinsiy va boshqa turdagi noqonuniy kamsitishlarga qarshilik koʻrsatish;
  • Assotsiatsiyaning maqsadlari bilan mutanosib mukofotlar tashkil qilish va taqdim etish;
  • Har xil turdagi marosimlar, festivallar va tadbirlar tashkil etish;
  • Shuningdek, ushbu obyektlarning muvaffaqiyati bilan bogʻliq boshqa harakatlarni amalga oshirish.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „NATIONAL OLYMPIC COMMITTEES“. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  2. ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 55 bet. ISBN 978-9943-381-37-7.