Miles Franklin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miles Franklin

Franklin, c.1940s
Tavalludi
Stella Maria Sarah Miles Franklin

14-oktyabr 1879-yil
Australia
Vafoti 19-sentyabr 1954-yil(1954-09-19)
(74 yoshda)
Australia
Fuqaroligi Avstraliya
Veb-sayti http://www.milesfranklin.com.au/

Stella Mariya Sara Miles Franklin  – (1879-yil 14-oktyabr – 1954-yil 19-sentabr), Miles Franklin nomi bilan tanilgan avstraliyalik yozuvchi. 1901-yilda nashr etilgan „My brilliant career“ romani bilan mashhur hisoblanadi.

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Franklinning ota-onasi Suzannah va John Franklin

Franklin 1879-yil 14-oktyabrda Janubiy Uelsning Talbingo shahrida tugʻilgan va Brindabella vodiysida katta boʻlgan[1]. Uning ota-onasi John Maurice Franklin va Susannah Margaret boʻlib, oilada toʻngʻich farzand boʻlgan.

Franklin 1901-yilda

U Avstraliyada oʻziga xos adabiy muhit yaratishga doimiy harakat qilgan. Bosh maqsadi adabiyotni rivojlantirish boʻlgan. Yozuvchilar, shoirlar, adabiy jurnallar va gazeta tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu maqsadni amalga oshirgan. Bundan tashqari adabiy mukofotlarni taʼsis etgan. Uning tashabbusi bilan yaratilgan „Australian Life in any of its phases“[2], „Miles Franklin“ mukofotlari Avstraliya adabiy hayotiga uzoq yillar taʼsir koʻrsatdi. Yana bir mukofot 2013-yilda joriy etildi. Stella mukofoti[3] har yili eng yaxshi adabiyot asari uchun ayol yozuvchilarga beriladi.

Miles Franklinning 1936-yilda yozgan „All That Swagger“ asari muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da, 1936-yil soʻngigacha nashr etilmagan. Yozuvchining eng mashhur romani „My brilliant career“ boʻlib, asar Uels qishlogʻida oʻsib ulgʻaygan oʻspirin qiz Sibilla Melvin haqida hikoya qiladi[4]. Ushbu roman 1901-yilda avstraliyalik yozuvchi Genri Louson koʻmagida kitob holida nashr etilgan[5]. Shu bilan birga, „The Daily Telegraph“ va „The Sydney Morning Herald“ gazetalarida „An Old Bacholer“ va „Vernacular“ taxallusi ostida oʻz hikoyalarini berib borgan. Maʼlum muddat yozuvchi „My Career Goes Bung“ asarini yozdi, lekin u maʼlum sabablarga koʻra, 1946-yilgacha ommaga eʼlon qilinmadi[6]. Dunyodagi urush, notinchliklarga qarshi yozilgan "The Dead Must Not Return" dramasi teatrlarda spektakl sifatida ijro etilmagan, ammo gazeta, kitoblarda nashr etilib, ommaga yetkazilgan[7].

AQSh va Angliyadagi ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1906-yilda Franklin AQShga koʻchib oʻtdi. Ijodiy faoliyatini shu yerda davom ettirdi. Chikagodagi National Womenʼs Trade Union Leaguetashkilotida kotiblik ishini boshladi. Liganing "Life and Labor" jurnaliga hammualliflik hamda muharrirlik qildi[8]. Franklinning AQShdagi yillari „On Dearborn Street“ (1981- yilgacha nashr etilmagan) romantik hikoyasida aks ettirilgan. Oʻz hayotini asarga koʻchirishga harakat qilgan. Shuningdek, Amerikada boʻlganida, yana bir hayotiy asarini yozgan. Kichik shaharchada yashovchi oilaning hayotini hikoya qilingan „Some Everyday Folk and Dawn“ asari 1909-yilda yozilgan. Yozuvchi muntazam ravishda sogʻligidan aziyat chekdi. Shu sababli 1912-yilda bir muddat ijoddan uzqlashib, dam olishga uzoq sayohatga chiqdi[9]. Bir muddatli tanaffusdan soʻng, oʻzini jurnalistikaning yangi sohalarida sinab koʻrdi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Franklin, Stella Maria Sarah Miles. 2013-yil 14-fevralda qaraldi. 
  2. „History of the Award“. www.milesfranklin.com.au. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  3. „About the Stella Prize“. 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. "Miles Franklin | Australian writer" (en). Encyclopedia Britannica. Archived from the original on 24 August 2017. https://web.archive.org/web/20170824141704/https://www.britannica.com/biography/Miles-Franklin. Qaraldi: 24 August 2017. 
  5. Roe (1981)
  6. A.), McPhee, John (John. Great Collections : treasures from Art Gallery of NSW, Australian Museum, Botanic Gardens Trust, Historic Houses Trust of NSW, Museum of Contemporary Art, Powerhouse Museum, State Library of NSW, State Records NSW.. Museums & Galleries NSW, 2008 — 89 bet. ISBN 9780646496030. OCLC 302147838. 
  7. Franks, Rachel (Winter 2016). "A Far-Flung War Mania". SL Magazine 9. No. 2: 22. Archived from the original on 27 June 2017. https://web.archive.org/web/20170627091320/http://www.sl.nsw.gov.au/sites/default/files/4701_slmagwinter16_web2_0.pdf. Qaraldi: 1 March 2019. Miles Franklin]]
  8. Roe, Jill. Australian Dictionary of Biography. Canberra: National Centre of Biography, Australian National University. 
  9. 9,0 9,1 „Miles Franklin a brilliant career“. 2007-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]