Milagre Macome

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Milagre Macome — Mozambiklik basketbol murabbiyi hisoblanadi. Milagre Macome Mozambik erkaklar milliy basketbol jamoasining hozirgi bosh murabbiyi boʻlib, bu lavozimni 2023-yilda egallagan[1]. Milagre Macome yana Valensiya Basket va SL Benfika klublarida amaliyot oʻtagan[2]. Shuningdek, 2005–2007-yil, yana 2013–2017-yil hamda 2020-yillarda jamoa bosh murabbiyi boʻlgan. Milagre Macome oxirgi marta terma jamoadagi koʻngilsiz natijalar tufayli bu lavozimni tark etgan[3].

Milagre Macome Ferroviário de Maputoning erkaklar basketbol jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan hamda bir necha bor Liga Moçambicana de Basquetebol gʻolibi boʻlgan va jamoani 2021-yilgi BAL pley-offining chorak finaliga olib chiqqan. Milagre Macome 2022-yilda bu lavozimni ham tark etgan[4].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ferroviário de Maputoning 2020 yildagi profili fiba.com saytida
  • Fiba.com saytida Mozambik erkaklar terma jamoasining profili

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alfredo Júnior. „Milagre Macome reassume selecção masculina de basquetebol“ (pt). Lance (2023-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  2. „Milagre Macome observa estágio na Espanha e Portugal“ (pt). Lance (2023-yil 17-aprel). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. „Macome admite abandonar cargo de seleccionador nacional“ (pt). O Pais MZ (2020-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  4. „Macome sem milagre para Ferroviário de Maputo na BAL“ (pt). O Pais MZ (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.