Mike Hartman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Jay Hartman
Tugʻilgan joyi 7-fevral 1967-yil (1967-02-07) (57 yosh)
Detroit, Michigan, AQSh
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Buffalo Sabres
Winnipeg Jets
Tampa Bay Lightning
New York Rangers
Kölner Haie
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 131-oʻrin, 1986
Buffalo Sabres
Jamoalardagi faoliyat 1986—2008

Michael Jay Hartman (talaffuzi: Mayk Hartman; 1967-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Buffalo Sabres, Winnipeg Jets, Tampa Bay Lightning va New York Rangers jamoalarida, 13 mavsum davomida Milliy xokkey ligasida (NHL) 397 oʻyin oʻtkazgan amerikalik sobiq professional xokkeychi[1][2].

Hartman faoliyatining boshlarida Ontario Xokkey Ligasining Belleville Bulls va North Bay Centennials klublari bilan oʻynagan. U yerda 138 oʻyinda 102 ochko va 473 penalti amalga oshirgan. Hartman 1987-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida Qoʻshma Shtatlar jamoasida oʻynagan va oʻsha yili Milliy xokkey ligasida (NHL) Sabers jamoasida oʻynagan. Sabers jamoasi tarkibida 17 oʻyinda olti ochko toʻplagan[3]. 1994-yilda u va jamoadoshi Ed Olczyk Stanley kubogi oʻyinlaridan chetlashtirilgan. Chunki ular 41 ta oddiy mavsum yoki Finalda 1 ta oʻyin oʻtkazmagan edilar. Rangersning taʼkidlashicha, Hartman va Olczyk jarohatlar tufayli vaqt oʻtkazib yuborgan va Stanley kubogi oʻyinlari uchun tayyor boʻlishmagan..

1995-yilda u Michigan yahudiy sport shon-sharaf mukofoti sohilari qatoriga kiritilgan. 2012-yil 29-aprelda Hartman New Yorkning Commack shahrida boʻlib oʻtgan tadbirda Milliy yahudiy sport shon-shuhrat muzeyiga kiritilgan[4].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hartman Michigan shtatining Detroit shahrida tugʻilgan[5]. Yoshligida u 1980-yilda Quebec xalqaro Pee-We xokkey turnirida Detroitning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[6].

U oʻz faoliyatini 1983—1984-yillarda OJHLning Shimoliy York Rangers jamoasida, keyin 1984—1985-yillar va 1985—1986-yillarda OHLning Belleville Bulls jamoasida oʻynagan. Shuningdek, 1985—1986-yillarda OHLning North Bay Centennials jamoasida faoliyat olib borgan.

Hartman keyingi mavsumni Buffalo va ularning AHLdagi filiali Rochester Americans oʻrtasida oʻtkazgan. Oʻsha mavsumda Hartman faoliyatidagi 316 ta penalti va 8 ta golni qayd etgan. 1989—1990-yilgi mavsum Hartmanning statistik koʻrsatkichlari boʻyicha eng yaxshisi boʻlgan, chunki u faoliyatidagi eng yuqori 11 gol va 10 golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1983—1984 North York Rangers OJHL 37 17 26 43 141
1984—1985 Belleville Bulls OHL 49 13 12 25 119 10 0 1 1 9
1985—1986 Belleville Bulls OHL 4 2 1 3 5
1985—1986 North Bay Centennials OHL 53 19 16 35 205 10 2 4 6 34
1986—1987 North Bay Centennials OHL 32 15 24 39 144 19 7 8 15 88
1986—1987 Buffalo Sabres NHL 17 3 3 6 69
1987—1988 Rochester Americans AHL 57 13 14 27 283 4 1 0 1 22
1987—1988 Buffalo Sabres NHL 18 3 1 4 90 6 0 0 0 35
1988—1989 Buffalo Sabres NHL 70 8 9 17 316 5 0 0 0 34
1989—1990 Buffalo Sabres NHL 60 11 10 21 211 6 0 0 0 18
1990—1991 Buffalo Sabres NHL 60 9 3 12 204 2 0 0 0 17
1991—1992 Winnipeg Jets NHL 75 4 4 8 264 2 0 0 0 2
1992—1993 Tampa Bay Lightning NHL 58 4 4 8 154
1992—1993 New York Rangers NHL 3 0 0 0 6
1993—1994 New York Rangers NHL 35 1 1 2 70
1994—1995 New York Rangers NHL 1 0 0 0 4
1994—1995 Detroit Vipers IHL 6 1 0 1 52 0 0 0 0
1995—1996 Orlando Solar Bears IHL 77 14 10 24 243 21 2 2 4 31
1996—1997 Hershey Bears AHL 42 5 8 13 116 1 0 0 0 0
1997—1998 Charlotte Checkers ECHL 53 30 18 48 79 7 4 0 4 11
1998—1999 Kölner Haie DEL 43 6 3 9 156
2000—2001 Charlotte Checkers ECHL 16 1 2 3 21
2002—2003 Charlotte Checkers ECHL 4 1 3 4 7
2003—2004 Charlotte Checkers ECHL 36 6 4 10 13
NHLdagi ochkolari 397 43 35 78 1388 21 0 0 0 106

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Musobaqa GP G A Pts PIM
1987 Qoʻshma Shtatlar WJC 6 2 0 2 9
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 6 2 0 2 9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Horvitz, Peter S.. The Big Book of Jewish Sports Heroes: An Illustrated Compendium of Sports History and the 150 Greatest Jewish Sports Stars. SP Books, 3-aprel 2007-yil. ISBN 9781561719075. 
  2. „Past Inductees – Michigan Jewish Sports“.
  3. „Mike Hartman player profile“. Hockey Hall of Fame. Qaraldi: 2-fevral 2010-yil.
  4. „...to Be Honored by Jewish Hall of Fame“. New York Times (26-aprel 2012-yil). Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
  5. Wechsler, Bob. Day by Day in Jewish Sports History. KTAV Publishing House, Inc., 3-avgust 2008-yil. ISBN 9780881259698. 
  6. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-yanvar.