Michelson interferometri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Michelson interferometri — Albert Michelson tomonidan ixtiro qilingan ikki nurli interferometr. Ushbu interferometr yordamida ilk marta yorugʻlikning toʻlqin uzunligi oʻlchangan. 1887-yilda Michelson va Morli efirning mavjudligini tekshirish uchun tajriba oʻtkazishgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michelson interferometri yarimshaffof koʻzgu va tushuvchi nurni ikkiga ajratuvchi koʻzgudan iborat. Yarimshaffof koʻzguga tushgan nurlar yana ajratuvchi koʻzguga tushadi va bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. Soʻngra optik yo'llar farqi turlicha boʻlgani uchun ekranda interferension manzara hosil boʻladi (1-rasm).

Michelson interferometrida yorugʻlik nurining harakati

Koʻzgular orasidagi masofani maʼlum bir qiymatga oʻzgartirib, interferension manzaraning oʻzgarishidan yorugʻlik toʻlqin uzunligini aniqlash mumkin.

Michelson interferometri hozirgi kunda astronomiyada va fizikada turli tadqiqotlarni oʻtkazish maqsadida foydalanilmoqda.

Interferometrning konfiguratsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fazalar farqi ga teng boʻlgan ikkita monoxromatik yorugʻlik nurining interferensiyalanishidan hosil boʻlgan yorugʻlik nuri intensivligi quyidagiga teng:

Ikkala nurning amplitudasi tengligini hisobga olgan holda, shuningdek, kosinuslarni qoʻshish formulasidan foydalanib, natijaviy intensivlik uchun quyidagi ifodani hosil qilish mumkin:

Michelson interferometrida fazalar farqi
Bir biriga perpendikulyar boʻlmagan koʻzgular orqali hosil qilingan interferension manzara
Qatʼiy perpendikulyar joylashgan koʻzgular orqali hosil qilingan interferension manzara

Michelson interferometri ikki xil konfiguratsiyaga ega:

  • Interferometr koʻzgulari bir biriga nisbatan qatʼiy perpendikulyar oʻrnatilgan;
  • interferometr koʻzgulari bir biriga nisbatan perpendikulyar boʻlmagan konfiguratsiya.