Michelle Lee

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michelle Lee
Tavalludi 9-sentyabr 1991-yil (1991-09-09) (32 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2011 — hozirgacha

Michelle Lee (1991-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi. 2011-yilda „K-pop Star Season 1“ tanlovi ucun tinglovdan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, u „SuPearls“ nomli yangi qizlar guruhining bir qismi sifatida „YG Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan. Biroq, ikki yillik mashgʻulotlardan soʻng, guruh debyut qilishdan oldin toʻsatdan tarqatib yuborilgan va Lining shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda u „DIMA Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Besh yoshidan boshlab Lee va uning opasi onalarining „H.O.T.“ va Tony Braxton kassetalarini tinglashar, ovozlarini kuyning balandligiga moslashtirishga, baʼzan esa raqs harakatlarini oʻrganishga harakat qilishardi. Biroq, qora tanli koreyalik musiqachilar Insooni va Yun Mi-rae singari, Lee maktabda oʻzining ikki millatli ekanligi uchun doimiy kamsitishlarga duch kelgan. Uning „Without You“ debyut singli boshidan kechirgan haqoratlarga bagʻishlangan[2].

2011-yilda u butun dunyo boʻylab „K-pop Star“ musiqa tanlovida ishtirok etgan. U oʻzining kuchli ovozi, keng diapazoni va yetuk qoʻshiqchilik mahorati bilan maqtovga sazovor boʻlgan. U SM, YG va JYP vakillari boʻlgan 3 ta hakamning olqishiga sazovor boʻlib, Park Ji-min bilan birga tanlovda gʻalaba qozonish uchun kuchli daʼvogar sifatida tanilgan[3].

Guruh tinglash bosqichlarida Michelle, Park Ji Min, Li Seung-Ju va Li Jung-midan iborat 4 kishilik qizlar guruhi "Girls' Generation"ning „The Boys“ va Irene Caraning „Fame“ qoʻshi`gini ijro etgani uchun yuqori baholarga sazovor boʻlgan, natijada barcha toʻrt aʼzo keyingi bosqichga oʻtgan[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'K-Pop Star's Michelle Lee signs with DIMA Entertainment“.
  2. „(Teaser) Lee Michelle (이미쉘) _ Without you“. 1theK. LOEN Entertainment.
  3. „'K팝스타', 이제 진짜 시작이다“ (Korean). Chosun Daily(조선일보) (2011-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
  4. Park (박), So-Young (소영). „소녀시대, 'K팝스타' 수펄스 열창 듣고 "우리보다 잘해" 극찬“ (Korean). Paran News (2012-yil 10-fevral). 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
  5. Kim (김), Hye-Jung (혜정). „'K팝스타' 수펄스 'Fame' 유례없는 극찬 속 '이미쉘 YG-나머지 JYP'“ (Korean). ReviewStar (2012-yil 22-yanvar). 2012-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.