Michael J. Berens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michael J. Berens — (talaffuzi: Maykl Berens;) amerikalik tadqiqotchi muxbir. U 2012-yilda tergov hisobotlari uchun Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berens jurnalistik faoliyatini 1981-yilda[1] Ogayo shtati universitetida oʻqiyotganda The Columbus Dispatch jurnalida nusxalovchi sifatida boshlagan[2]. 1995-yilda u „Okrug shahar sudi tizimidagi adolatsizliklarni, jumladan, kichik jinoyatlar uchun jarima toʻlatish maqsadida juda kambagʻal shaxslarni qamoqqa olinayotgani va jiddiy jinoyatchilarni ozod qilishayotgani“ haqidagi maqolalari „Beat Reporting“ yoʻnalishida Pulitzer mukofotiga munosib deb topildi[3]. Michael The Columbus Dispatch kompaniyasida 13 yil ishlagan[2].

1994-yilda Berens The Seattle Times gazetasida faoliyat yurita boshladi. 2012-yilda u va Ken Armstrong „Vashington shtatidagi nogiron bemorlariga xavfsiz boʻlgan ogʻriqni qoldiruvchi dori vositasidan arzon ammo xavfli boʻlgan dori vositalarining tavsiya qilinayotgani haqidagi tadqiqot hisoboti uchun" Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan[4]. Shuningdek, The Seattle Times gazetasida Berens hamkasblari Julia Summerfed va Carol Ostrom bilan 2007-yilda „Sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan jinoyatchilarning keng qamrovli maʼlumotlar bazasidagi jinsiy zoʻravonlikda ayblanuvchilarni tergov qilganliklari sababli“ Pulitzer mukofoti finalistlari deb topilgan[5].

Michael The Seattle Times gazetasida 10 yil ishlagandan soʻng Chicago Tribune gazetasida tergov muxbiri sifatida faoliyat yurita boshlagan. 2017-yilda u va Patricia Callahan Illinois shtatidagi zo‘ravonlik va o‘limlar haqidagi tergov hisoboti uchun Pulitzer mukofotiga sazovor bo`ldi.

Berens, Worth Bingham mukofoti[6], tergov reportajlari sababli Clark Mollenhoff mukofoti[7], Edgar A. Poe memorial mukofoti[8] va Jerald Loeb mukofotlarini qo`lga kiritgan[9].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1995-yil Beat Reporting uchun Pulitzer mukofoti finalchisi[3].
  • 2007-yil Tergov hisoboti uchun Pulitzer mukofoti finalchisi (Juliya Summerfeld va Carol Ostrom bilan)[4].
  • 2012-yilda tergov hisoboti uchun Pulitzer mukofoti (Ken Armstrong bilan)[4].
  • 2017-yilgi tergov reportaji uchun Pulitzer mukofoti finalchisi (Patricia Callahan bilan)[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Data Journalism 101: Self-guided training“ (en-US). Reynolds Center (2013-yil 22-oktyabr). 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  2. 2,0 2,1 „The 2017 Pulitzer Prize Finalist in Investigative Reporting“ (en). www.pulitzer.org. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  3. 3,0 3,1 „The 1995 Pulitzer Prize Finalist in Beat Reporting“ (en). www.pulitzer.org. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 „The 2012 Pulitzer Prize Winner in Investigative Reporting“.
  5. „The 2007 Pulitzer Prize Finalist in Investigative Reporting“.
  6. „Michael J. Berens wins Worth Bingham Prize for "Seniors for Sale"“. Nieman Foundation. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  7. „Clark Mollenhoff Award for Investigative Reporting Recipients“ (en-US). The Fund for American Studies. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  8. „2009 Award Winners“ (en-US). White House Correspondents' Association (WHCA). Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  9. „Historical Winners“ (en). UCLA Anderson School of Management. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  10. „The 2017 Pulitzer Prize Finalist in Investigative Reporting“.