Mia Fishel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mia Fishel
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-aprel 2001-yil (2001-04-30) (23 yosh)
Tavallud joyi San Diego, AQSH
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022-2023 Tigres UANL 48 (38)
2023- Chelsea 8 (1)
Milliy terma jamoa
20015-2016 AQSH U17 1 (0)
2017-2018 AQSH U18 22 (6)
2023- AQSH 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mia Renee Fishel 2001-yil 30-aprelda tugʻilgan — amerikalik professional futbol oʻyinchisi, Ayollar Superligasining Chelsea klubi va AQSH ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Fishel oʻzining kollejdagi faoliyatini UCLA Bruins bilan oʻtkazdi va Orlando Pride tomonidan 2022-yilgi NWSL loyihasida beshinchi oʻrinni egallaydi. Undan oldin esa ikkita Pac-12 unvonini qoʻlga kiritadi. Biroq, futbolchi buning oʻrniga Meksikaning Tigres UANL klubi bilan shartnoma imzolashni tanlaydi. Xalqaro miqyosda Mia Qoʻshma Shtatlarni 15 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan darajalarda himoya qildi va har birida KONKAKAF turnirlarida gʻolib chiqdi.

Klubdagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tigres UANL (2022-2023)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 18-dekabrda Fishel 2022-yilgi NWSL loyihasining birinchi bosqichida (umumiy 5-chi) Orlando Pride tomonidan tanlab olindi[1]. Mianing UCLAdagi bosh murabbiyi Amanda Kromvel dekabr boshida Orlando bosh murabbiyi etib tayinlangan edi[2]. Loyiha tizimini tanqid qilib, futbolchi Orlandodan voz kechganini aytdi, chunki u qayta tiklanadigan jamoaning bir qismi boʻlishni istamadi va Tigres unga chempionlik imkoniyatini taklif qildi. Mia 31-yanvar kuni 2022-yilgi Klausurada Tixuana bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda 65-daqiqada yangi futbolchi sifatida debyut qilgan

Chelsea (2023-Hozirgacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 4-avgust kuni Angliyaning ayollar Superligasi klubi Chelsea Fishel bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi[3]. Xabarlarga koʻra, Chelsea klubi futbolchga 250 ming dollar maosh toʻlaydi[4]. 2023-yil 1-oktabrda Fishel Chelseadagi debyutini Ayollar Superligasi doirasida „Tottenxem“ga qarshi oʻtkazadi va 28-daqiqada gʻalaba golini kiritib, 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi, klub uchun birinchi golini kiritadi[5].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy Jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
AQSH 2023 3 1
Umumiy 3 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Declaring early for the NWSL Draft, Mia Fishel dreams big“ (en-US). Just Women's Sports (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  2. Connon, Sam (18 December 2021). „Orlando Pride Pick UCLA's Mia Fishel, Reunites Her With Amanda Cromwell“. Sports Illustrated.
  3. „Welcome to Chelsea, Mia Fishel!“. www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  4. Kassouf, Jeff „Mia Fishel joins Chelsea; $250,000 transfer fee, sources say – Equalizer Soccer“ (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  5. „Women's Super League: Mia Fishel scores in Chelsea debut“ (en-US). Just Women's Sports (2023-yil oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.