Meritokratiya

Meritokratiya (soʻzma-soʻz – munosiblarning hukumati, lot. meritus – munosib va yunon. ϰράτος – hukumat), negizida individual hizmat prinsipi yotgan boshqaruv shakli hisoblanadi[1]. Bunday boshqaruv shaklida jamiyat tepasiga turli ijtimoiy qatlamlardan munosib, qobiliyatli va isteʼdodli insonlar chiqadi[2].
Bu termin ilk marotaba ingliz jamiyatshunosi M.Yang tomonidan „Meritokratiya yuksalishi, 1870-2033“ kitobiga kiritilgan.
Meritokratiya gʻoyasi zamirida liberalizmning klassik prinsipi – imkoniyatlarning tengligi yotadi. D.Bell va boshqalarning ilgari surilgan postindustrial jamiyat nazariyasida byurokratiyani ijtimoiy qatlam singari siqib chiqarishi kerak boʻlgan intellektuallar, mutaxassis olimlar va professionallar uni harakatga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi.
Sosial stratifikasiya – nasl-nasabidan kelib chiqish, merosxoʻrlik huquqi, mansabga tayinlash asosida qurilgan. Postindustrial jamiyatda esa oliy maʼlumot va yuqori layoqat hamda shaxsiy yutuqlar natijasida xokimiyatga egalik qilishida „muvaffaqiyat“ prinsipi amal qiladi.
Koʻplab neokonservatizm namoyandalari meritokratik boshqaruv shaklini qoʻllab-quvvatlashgan. Meritokratiya konsepsiyasi jamiyatning yuqori tabaqasini namoyish qiladigan insonlarni tanlash kriteriyalar va metodikaning yoʻqligi tufayli tanqidga uchragan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Илҳом Қурбонов. „Энди кадрлар очиқ танлов асосида танланади“ (O'zbekcha). uza.uz (27-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
- ↑ Xodjiyev, Ibrohim „Meritokratiya tamoyili munosib mutaxassislarni kashf etadi“ (O'zbekcha). yuz.uz (18-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
![]() | Siyosatga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |