Mercédès Jellinek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mercédès Jellinek
Tavalludi 16-sentabr 1889-yil
Vafoti 23-fevral 1929-yil(1929-02-23)
(39 yoshda)
Vena, Avstriya
Fuqaroligi Avstriya
Otasi Emil Jellinek

Mercédès Jellinek (talaffuzi: Mersedes Yellinek, 16-sentabr 1889-yilda tavallud topgan)[1] – Avstriyalik tadbirkorning qizi, uning ismi sharafiga „Mercedes“ avtomobillar markasi nomlangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Emil Jellinek avstriyalik bankir va Gottlib Daymlerga tegishli avtomobil ishlab chiqarish korxonasining hamkori boʻlib, ushbu korxonada ishlab chiqariladigan mashinalar seriyasini qizining ismi bilan nomlagan.

1902-yilda „Mercedes“ soʻzi rasman savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shu yilning oʻzida Parijdagi avtomobillar koʻrgazmasidagi stendda Mercedesning portreti ilingan edi.

Mercedec Venada yashagan va ikki marta turmush qurib, ajrashgan[2]. Suyak saratoni tufayli 1929-yilda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „1889: A Luxury Car's Namesake Is Born“ (en). Haaretz. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  2. Krebs, Michelle. „Her Name Still Rings A Bell“. The New York Times (2001-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]