Mendelson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mendelson, Mendelson-Bartoldi (Mendelssohn — Bartholdy) Yakob Lyudvig Feliks (1809.3.3, Gamburg - 1847.4.11, Leypsig) — nemis va yaxudi kompozitori, dirijyor, organchi, musiqa jamoat arbobi. Musiqiy romantizmtnt yirik namoyandasi. Bolalik davridan virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan. Uning ijodiy tafakkuri shakllanishiga M.lar oilasi bilan yaqindan tanish boʻlgan I. Gyote, G. Gegel, G. Geyne, aka-uka Gumboldtlar taʼsir oʻtkazishgan. 1820—30 yillari Italiya, Shveysariya, Parij va Londonda yashab ijod qilgan. Dyusseldorfdagi musiqa festivali direktori (1833—36), Leypsigdagi Gevandxauz orkestrining bosh dirijyori (1836— 45), Leypsig konser-vatoriyasining asoschisi (1843). Deyarli barcha janrlarda ijod qilgan M. romantik simfoniya (5 ta simfoniya, 1824—42), programmali konsert uver-tyurasi ("Yozgi tundagi tush", 1826 va boshqalar) janrlariga asos solgan. Skripka va orkestr uchun (1844), 2 ta fortepiano va orkestr uchun (1831, 1837) konsertlari, "Soʻzsiz qoʻshikdar" (1832— 45) fortepiano asarlari, "Pavel" (1836) va "Iliya" (1847) oratoriyalari mashhur. Romantizm va klassitsizm anʼanalarini mujassam etgan M.ning ijobiy uslubi oʻzining xalqchilligi, nozik did va samimiyligi, folklor qoʻshiklariga xos ohangdorligi, shakllarning mukammalligi, garmoniyaning ravshanligi, orkestr boʻyoklarining nafisligi bilan ajralib turadi. Hozirda M.ning "Yozgi tundagi tush" asaridagi "Toʻy marshi" nikoh marosimlarida albat asar sifatida ijro etilmoqda. 1874—77 yillari (36 jilddan iborat) barcha asarlari Leypsigda toʻla nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil