Men oroli funti
Men oroli funti (Men tilida Punt Manninagh ,inglizcha: Manx pound) — Men orolining pul birligi. Men oroli hukumati tomonidan chiqarilgan. 1 Men funti = 100 pensga teng. Belgisi: £ — (lotincha: Libra — funt) dan, bank kodi: IMP (Isle of Man Funt). Muomalada 1, 5, 10, 20, 50 funtlik banknotalar; 1, 2, 5, 10, 20, 50 pens, 1, 2, 5[1] funtlik tangalar mavjud. Men oroli hukumatining banknotalari, iltimosiga ko'ra, Men oroli bankining istalgan filialida teng qiymatdagi Angliya banki banknotlariga nominal qiymatida almashtirilishi mumkin[2]. Birlashgan Qirollikning istalgan joyidagi barcha banknotlar va tangalar (masalan, Angliya banknotalari) Men orolida qonuniy to'lov vositasidir[2].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Men orolining birinchi tangalari 1668-yilda Douglas savdogar Jonh Murray tomonidan chiqarilgan, ular ingliz analoglariga teng edi[3]. Murray penslari 1679-yilda Tynwaldning qarori bilan Britaniya tangalari bilan birga qonuniy toʻlov vositasiga aylandi. Triskelion va milliy shior birinchi marta Murrayning pullarida paydo boʻldi: Quocunque Gesseris Stabit, 18-asrning boshlarida shior Quocunque Jeceris Stabit ga oʻzgartirildi (tarjimasi:qanday qilib tashlasang ham, u turadi).
Tangalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
• 1 penni
• 2 pens
• 5 pens
• 10 pens
• 20 pens
• 50 pens
• 1 funt
• 2 funt
• 5 funt
Banknotalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
• 1 funt
• 5 funt
• 10 funt
• 20 funt
• 50 funt
Valyuta kursi rejimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Men funti 1:1 nisbatda funt sterlingga bogʻlangan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „2009 год - Монеты острова Мэн“ (en). 15-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyun 2009-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Currency Act 1992 (an Act of Tynwald)“.
- ↑ Moore, A. W. „Social and Economic History (1660—1765)“,. A History of Isle of Man, 1900. London: T. Fisher Unwin — 413–428 bet.