Melofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Melofon, Mellofon[1] (ingliz. mellophone) — misli puflama cholgʻu asbobi. AQShda mashhur. Amalda yakkaxon cholgʻu sifatida ishlatilmaydi, u harbiy cholgʻu orkestridagi valtorna oʻrnini bosadi. Uning uchta klapani mavjud va fransuz valtornasiga oʻxshashapplikaturaga ega, biroq uzunligi biroz qisqaroq. Asbobning oʻrta pardalari ifodaliroq, yuqori pardalari esa biroz tarang va boʻgʻiq ovoz chiqaradi. Asbob Es yoki F-pardalarga tuzilgan, diapazoni — ikki yarim oktava.

Tashqi tomondan, asbob trubaga oʻxshaydi, koʻpincha trubadagi kabi parabolik mundshtuk ishlatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Словарь иностранных музыкальных терминов. / Т. С. Крунтяева, Н. В. Молокова, А. М. Ступель. — 5-е изд. — Л.: Музыка, 1985. — 143 с. С. 80.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]