Shirin Meliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Meliyeva Shirin Yuldoshevnadan yoʻnaltirildi)
Shirin Meliyeva
Tavalludi 25-fevral 1921-yil
Vafoti 16-aprel 2001-yil(2001-04-16)
(80 yoshda)
Samarqand
Mukofotlari

Shirin (Sora) Yuldoshevna Meliyeva (1921.25.2—Kattaqoʻrgʻon — 2001.16.4) — aktrisa, rejissor Oʻzbekiston xalq artista (1964). 1937-yildan Katta-qoʻrgʻon teatrida aktrisa, rejissor (1948—1978 yillar direktor). Sahnada Xonzoda, Hojiona ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Kime ("Nurxon"), Martena ("Zoʻraki tabib"), Agafya Tixonovna ("Uylanish"), Farmonbibi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Ona ("Qonli toʻy") kabi yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. Qaxramonlarning ichki ruhiy holatlarini yorqin va ishonarli talqin etish, turli qarashlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchli e'tirozlar orqali namoyish etish Meliyeva ijodiga xosdir. Rejissor sifatida "Adolat" (I. Akromov), "Xolisxon" (Hamza), "Surmaxon" (B. Rahmonov), "Bahs" (M. Bayjiyev), "Ona" (S. Zunnunova), "Ogʻriq tishlar" (A. Qahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. "Elyurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan (1999).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil