Meksikancha qarama-qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meksikancha qarama-qarshilik bu kurashish turi boʻlib bunda hech qanday strategiya mavjud boʻlmaydi va istalgan tomonning gʻoliblikka imkoniyati mavjud boʻladi. Istalgan agressiv harakat oʻzlarining vafotlari uchun tepki bosilishiga olib kelishi mumkin. Oʻz oʻzidan tomonlar oʻzlari aziyat chekmasdan holatdan chiqa olmaydilar. Natijada tomonlar strategik jihatdan yon berishlari kerak boʻladi va bu tashqi tomondan taʼsir yoxud oʻzaro suhbat orqali oʻz yechimini ham topishi mumkin.

Uch erkak „Meksikancha qarama-qarshilik“ holatida
Uch erkak „Meksikancha qarama-qarshilik“ holatida

Meksikancha qarama-qarshilik atamasi dastavval, oʻqotar qurollar bilan ishlatilib kelingan va bunda tomonlarning barchasi muammoga yoʻliqqan holda turgan. Meksikancha qarama-qarshilik odatda filmlarda metafora sifatida keladi va bunda qahramonlar bir birlariga oʻqotar qurollarni oʻqtalib turishadi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar 19-asrdagi Meksika banditlarining urushlari yoxud Meksika-Amerika urushlarini koʻrsatadi.[1] Eng birinchi bu atama 1876-yil 19-martda Meksika haqidagi kichik hikoyada chop etilgan.

Unda „Boshla“ dedi qattiqqoʻllik bilan. "Biz buni qarama-qarshilik deymiz. Meksikancha qarama-qarshilikda siz pulingizni yoʻqotasiz, lekin hayotingizni asrab qolasiz. F. Harvey Smit, Sandey Merkuriy, Nyu-York, 1876-yil.

Mashhur anʼana[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur anʼanada, Meksikancha qarama-qarshilik atamasi tomonlarning birortasining aytarlik ustunligi boʻlmaganda aytiladi. Tarixiy jihatdan, sharhlovchilar bu atamani Sovet Ittifoqi va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi yadroviy qurollanish — Sovuq urushga nisbatan qoʻllaydilar. Meksikancha qarama-qarshilikdagi asosiy narsa bu oʻrtadagi tomonlarning bir xil kuch-qudratga ega ekanligidadir.

Meksikancha qarama-qarshilikda barcha tomonlar bir-biriga miltiq oʻqtalib turadi va bu filmlarda doimiy qoʻllanib kelingani tufayli siyqasi chiqib ketgan holatga aylangan. Klassik misollardan biri, 1966-yil gʻarbda Serhio Leone tomonidan olingan „Yaxshi, Yomon va Yovuz“ filmida, Klint Istvud, Li van Klif va Eli Vallak tomonidan oʻynalgan sahnani keltirish mumkin.

Rejissor Jon Vu esa oʻzining jangari filmlarida tartibsiz sahnalar, Meksikancha qarama-qarshilik va sekinlashtiruvchi tasvirlarni koʻp qoʻllashi bilan mashhur.[2] Rejissor Quintin Tarantino oʻzining 2 ta filmida 4 ta qahramon oʻrtasidagi qarama-qarshilikni qoʻllaganini ham koʻrish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Meksikancha qarama-qarshilik“. The Word Detective (21-mart 2013-yil).
  2. Pierce, Nev. „"Calling The Shots: John Woo"“. BBC (24-sentabr, 2014).