Mehmet IV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton Mehmet IV 1642-yil 2-yanvarda dunyoga kelgan. U 19-Usmonli podishohi. Uning otasi Sulton Ibrohim I, onasi esa Turxon xonimdir. Otasi o'ldirilgandan so'ng 1648-yil 7 yoshida taxtga keladi. U Sulton Sulaymon (Qonuniy)dan keyingi uzoq vaqt davlatni boshqargan hukmdor. U ovchilikkka qiziqishi tufayli "Ovchi Mehmet" nomini oladi. Sulton Mehmet IV o'rta bo'yli, oq tanli edi. Ko'p ot mingani uchun tanasi oldinga egilib qolgan edi. Onasi tomonidan juda yaxshi tarbiyalangan. U yaxshi ta'lim olgan. Adabiyotga ham qiziqishi katta bo'lgan. Sulton Mehmet IV davlatda spirtli ichimliklarni taqiqlaydi va mamlakatdagi barcha qovoqxonalarni yoptiradi.