Megaloblastik va aplastik anemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Megaloblastik anemiya - V-B12 (vitamin B12), foliy kislatasi va ichki faktorlardan (Kaslning ichki omili)[1] birining yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan anemiya (kamqonlik) kasalligining bir turi. V-B12, foliy kislatasi yoki ichki faktorlardan birining yetishmasligi suyak koʻmigi gemopoezida eritroblastlar koʻpayishidagi muammolarga sabab boʻladi. Natijada RBC (qizil qon tanachalari) larning hajmi ancha katta, shuningdek, shakli normadan farqli boʻladi va bu holatga megaloblastik anemiya deyiladi.[1] Shuningdek, oshqozon shilliq qavatining atrofiyasi pernotsioz anemiyaga[1] yoki total gastroektomiya megaloblastik anemiyaga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, ichaklarning sprue kasalligi (malabsorbsiya)[1] da ham bu moddalar absorbsiyasi bilan muammolar yuzaga kelishi hisobiga kasallik kelib chiqishi mumkin. Ushbu holatlarda eritroblastlar koʻpayishida muammo boʻlganligi sababli hujayralar kattalashib, notoʻgʻri shaklga ega boʻladi va bir tomondan notoʻgʻri shakl harakatlanishda muammolar keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan kattalashgan sari membrana yupqalashadi va ularning tez yorilishiga sabab boʻladi.[2]

Aplastik anemiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aplastik anemiya - suyak koʻmigi disfunksiyasidan kelib chiqqan anemiya turi hisoblanib, suyak koʻmigi aplaziyasi uning funksiyasi yetishmasligini anglatadi. Masalan, saraton kasalini davolash uchun yuqori dozali kimyoterapiya yoki yuqori nurlanish hisobiga suyak iligi hujayralari zararlanishi mumkin[3], natijada bir necha hafta ichida anemiya kelib chiqadi. (shuningdek toksik moddalar, insektitsid yoki benzin taʼsirida).[2] Immun kasalliklar, masalan, sistemali qizil volchankada immun tizim suyak koʻmigidagi oʻzak hujayralarga xujum qila boshlaydi, bu esa aplastik anemiyaga olib kelishi mumkin. Aplastik anemiyaning taxminan yarmi nomaʼlum boʻlib, idiopatik aplastik anemiya[3] deb nomlanadi.

Postgemorragik anemiya[1][2][3][tahrir | manbasini tahrirlash]

Postgemorragik anemiya - qon yoʻqotish anemiyasi hisoblanib, tez qon yoʻqotishdan keyin kelib chiqadigan anemiya turi. Bunda organizm dastlabki 1-3kunlar plazmaning suyuq qismini qayta tiklaydi, ammo RBC konsentratsiyasi ancha kamayib qoladi. Agar yana qon yoʻqotish kuzatilmasa, odatda RBC konsentratsiyasi 3-6 haftada normagacha tiklanadi. Surunkali qon yoʻqotish boʻlganda ichak tomonidan Fe kerakli miqdorda gemoglobin hosil qilish uchun yetarli absorbsiyalanmaydi. Bu esa normadan kam gemoglobin sinteziga olib keladi, natijada mikrositoz va gipoxromik anemiya kuzatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
  2. 2,0 2,1 2,2 Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.
  3. 3,0 3,1 3,2 Artur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020.