Kontent qismiga oʻtish

Medgyesbodzás

Koordinatalari: 46°31′12″N 20°58′12″E / 46.52000°N 20.97000°E / 46.52000; 20.97000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Medgyesbodzás
Qishloq
46°31′12″N 20°58′12″E / 46.52000°N 20.97000°E / 46.52000; 20.97000
Mamlakat Vengriya
Okrug Békés
Maydon 31.68 km2 (12.23 kv mi)
Aholisi
 (2002)
1 239
Zichligi 69 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 68
Pochta indeks(lar)i 5663
Medgyesbodzás xaritadaAvstriyaSloveniyaXorvatiyaSerbiyaGermaniyaSlovakiyaUkrainaRuminiyaGyőr-Moson-SopronKomárom-EsztergomVasZalaVeszprémSomogyFejérTolnaBaranyaBudapeshtPestBács-KiskunNógrádHevesJász-Nagykun-SzolnokCsongrád-CsanádBorsod-Abaúj-ZemplénSzabolcs-Szatmár-BeregBékésHajdú-Bihar
Medgyesbodzás xaritada

Medgyesbodzás — Vengriyaning janubi-sharqidagi Buyuk tekislik mintaqasining Békés okrugida joylashgan qishloq.

Qishloq 31.68 km2 (12.23 kv mi) maydonni egallagan va 1239 nafar aholiga ega boʻlgan(2002).  Qishloq Csanádapaca va Medgyesegyháza o'rtasida, Oroshazaning sharqida joylashgan.

Medgyesbodzás o'rta asrlarda eski Zanard vármegyening bir qismi boʻlgan, keyin Trianon shartnomasi bo'yicha Arad vármegyening hududiga aylangan. 1950-yilda islohot o'tkazgan mamlakat Csanad-Arad-Torontal megyega o'tgan keyinchalik esa Bekés megyega o'tkazilgan. Qishloq 1857-yilda bog' xo'jaligi sifatida tashkil etilgan. Aholining katta qismi Rim-katolik vengerlari boʻlgan.

Yahudiy jamiyati tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Bodzáspusztada yahudiy oilalari jamiyat tashkil etilishidan oldin ham yahudiylar istiqomat qilishgan. 1890-yilda bu yerda 53 yahudiy yashagan[1]. Lajos Löbl va uning oilasi, Ábraham Buchbinder va uning oilasi bu yerda ikki jahon urushi orasida yashagan yahudiylardan. Ular Magyarbánhegyes gettosidan Osventsimga olib ketilgan. Holokostdan faqat Lajos Löbl omon qolgan[2].

Siyosiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yetti nafar vakil, shu jumladan mer ham Medgyesbodzas mahalliy hukumatini tashkil qiladi. 2014-yilda Vengriya mahalliy saylovlarida mustaqil nomzod Yozef Krucsay shahar hokimi lavozimini egallagan.

Etnik guruhlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, aholining 99% vengerlar, 1% boshqa guruhlardan (asosan slovaklar va ruminlar) iborat.