Mebel sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mebel Sanoatidan yoʻnaltirildi)

Mebel sanoati - yogocheozlik sanoatining yetakchi tarmogʻi. Xonadonlar va jamoat binolari uchun mebel ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda mebel sanoat usulida ishlab chikarila bosh-. lagunga qadar uy-roʻzgʻor buyumlari (xontaxta, kursi, jovon, sandiq va boshqalar) kustar va yarim kustar korxonalarda tayyorlangan. Mebel sanoatining dastlabki mahsulotlari — turar joy va jamoat bi-nolari uchun mebel ishlab chiqarish 1922-yildan boshlandi. Uyroʻzgʻor va jamoat ehtiyojlari uchun mebellar ishlab chiqarish urushdan keyingi yshtlarda birmuncha rivoj topdi. 50-yillar oxirida respublikada turli vazirlik va idoralar ixtiyerida boʻlgan 3 fabrika, bir necha sexlar ishladi. Hunarmandchilik artellari va yirik mebel sexlari negizida Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon shaharlarida mebel fabrikalari barpo qilindi. 1977-yil Oʻzbekiston mebel va yogʻochsozlik sanoati vazirligi tashkil etildi. 1988-yil respublikadagi barcha Mebel sanoati korxonalarini boshqaradigan "Oʻzbekmebel" birlashmasi tashkil etildi. 1991-yil shu birlashma negizida "Oʻzbekmebel" ijara korxonalari uyushmasi tuzidsi. 1993-yil yanvarda uyushma "Oʻzbekmebel" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Tarmoqdagi eng yirik korxonalar: "Toshkent" mebel birlashmasi, "Mirobod" birlashmasi (1953), Samarqand mebel birlashmasi (1954), "Namangan" mebel birlashmasi (1956), "Mebel" birlashmasi (1959), "Fargʻona mebel" birlashmasi (1960), Olmaliq mebel kombinati (1961), "Yangiyoʻlmebel" shirkati (1963), Quva mebel kombinati (1967), Sergeli mebel birlashmasi (1974), Olmazor yumshoq mebellar fabrikasi (1989), Andijon mebel kombinati (1991-yil qayta qurilgan). 1994-yilda Jizzax va Rishton mebel fabrikalari ishga tushirildi. Tarmoqni rivojlantirish korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarning eksport imkoniyatlarini oshirish, xorijiy firmalar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish hamda iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishlarida olib borilmoqda. "YevroOʻz" Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1993, aprel). Oʻzbekistonda tayyorlangan mebellar eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Mebel sanoati har xil mebel yigʻmalari (mehmonxona, oshxona, kabinet, yotoqxonalar mebellari, maktab, tibbiyot, lab. mebellari), milliy mebel (xontaxta, sandiq va boshqalar) namunalarini, hashamatli mebellar yigʻmalarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirgan (qarang "Fayz" xolding kompaniyasi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil