Meagan Good

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meagan Good
Tavalludi
Meagan Monique Good

8-avgust 1981-yil (1981-08-08) (42 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1994-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
DeVon Franklin
(turm. 2012; ajr. 2022)
Veb-sayti meaganmgood.com

Meagan Monique Good (talaffuzi: Meygan Moʻnik Gud[1]) — amerikalik aktrisa. U Eve's Bayou (1997) filmidagi roli hamda Nickelodeonning Cousin Skeeter (1998—2001) sitkomidagi Nina roli uchun tanqidchilar eʼtiboriga tushishga ulgurgan. Aktrisa Deliver Us from Eva (2003), Roll Bounce (2005) hamda Stomp the Yard (2007) filmlarida bosh rollarni ijro etganidan keyin yanada mashhur boʻldi.

2012-yilda Good Think Like a Man filmining ansambl tarkibida ishtirok etdi. Keyingi yili NBC drama serialii Deceptionda bosh qahramon Joanna Locasto rolini va Anchorman 2: The Legend Continues komediyasida kichik epizodda rol ijro etgan. Bundan tashqari, aktirsa One Missed Call (2008), Saw V (2008), The Unborn (2009) hamda DC Comicsning Shazam! (2019) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining dastlabki yillarida Good Doogie Howser, M.D. va Amen kabi telseriallarda qoʻshimcha rollarda koʻrinish bergan[2]. U 13 yoshida oʻzining dastlabki filmi — 1995-yilgi Friday komediyasida rol oʻynagan[3]. U birinchi marta Kasi Lemmonsning 1997-yilda suratga olingan Eve's Bayou filmidagi muammoli oʻsmir Cisely Batiste roli uchun tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Aktrisa ushbu roli uchun ikkita mukofot nominatsiyasini nomzod etib koʻrsatilgan, shu jumladan, uning birinchi NAACP Image mukofoti boʻlgan.

Keyingi bir necha yil davomida kichik kino va televideniye rollarini oʻynaganidan soʻng, Good 2000-yillarning boshida yanada yetuk rollarga oʻtishni boshlaydi. Aktrisa oʻzidan bir necha yosh kichik qahramonlarni oʻynagani uchun kattalar roliga oʻta olishiga ishonardi[4]. 1998-yildan 2001-yilgacha Nickelodeonning Cousin Skeeter teleserialida Nina rolida paydo boʻldi. U, shuningdek, 3 Strikes hamda House Party 4: Down to the Last Minute filmlarda ikkinchi darajali rollarni ham ijro etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi u cherkovda tarbiyalanmagan boʻlsa-da, oʻzini yaxshi nasroniy, ruhiy shaxs deb biladi va koʻplab intervyularida u "disappoint God — Xudoni hafsalasi pir boʻlishi" mumkin deb oʻylagan holda rollardan voz kechganini aytgan[5][6]. U intervyuda Iso uning qahramonlari roʻyxatida birinchi oʻrinda turishini va u oʻqigan oxirgi kitobi Injil ekanligini taʼkidlagan[3].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
1991 Gabriel's Fire Yosh qiz
1994 On Our Own Traycee
1996 ABC Afterschool Special Janie
1997 Pacific Blue Shalona James
Touched by an Angel Nikki
Gregory Hines Show Pauley
1997-98 Parent 'Hood Ariana
1998 Nothing Sacred Carissa
1998-01 Cousin Skeeter Nina Jones
2000 Moesha Nicole
Steve Harvey Show Alicia
2001 The Division Kara Taylor
Famous Jett Jackson Tara Essex
2001-02 Raising Dad Katie
2002 Jersey, TheThe Jersey Tamika
2003 My Wife and Kids Vanessa Scott
2005 Kevin Hill Melanie West
2007 Dr House Amy
All of Us Katie
2009 Cold Case Beatrice Sloan (1970)
2011 The Game Parker Keith
2012 CCalifornication Kali
Harry's Law Cecilia
2013 Deception Joanna Locasto
2014 The Dead Diaries Alexis
Law & Order: Special Victims Unit Paula Bryant
2015 Mr. Robinson Victoria Wavers
Minority Report detektiv Lara Vega
2016 Code Black doktor Grace Adams
2017 White Famous Kali
2018 Star Natalie Knight
2019-20 Prodigal Son Maxsus agent Colette
2021 Harlem Camille

Mukofot va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turkum Nomzod Natija
1998 NAACP Image Awards Outstanding Youth Actor/Actress Eveʼs Bayou Nominatsiya
1998 YoungStar Awards Best Performance by a Young Actress in a Drama Film Eveʼs Bayou Nominatsiya
2006 Teen Choice Awards Choice Breakout (Ayol) Waist Deep Nominatsiya
2007 Choice Movie Actress: Drama Stomp the Yard Nominatsiya
2006 Black Reel Awards Best Ensemble Roll Bounce Nominatsiya
2007 MTV Movie Awards Best Kiss Stomp the Yard Nominatsiya
2008 NAACP Image Awards Outstanding Supporting Actress in a Motion Picture Stomp the Yard Nominatsiya
2012 Teen Choice Awards Choice Movie Actress Romance Think Like a Man Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Full Interview: Meagan Good Responds Talks Hit Series ʻHarlem’ on Amazon Prime, and 30-Year Career, YouTube
  2. „Meagan Good Interview“. Stumped? Magazine. 3-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2009-yil.
  3. 3,0 3,1 „Interview: Meagan Good“. DallasBlack.com. 23-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2009-yil.
  4. Barker, Lynn. „Jennifer Freeman and Meagan Good: Sister, Sister“. BET. Washington, DC: Viacom (29-yanvar 2004-yil). 3-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  5. Dowdell, Niki. Meagan Good: Grounded, Funny and Straight Up Cool. Sister 2 Sister (2005-yil may), s. 19.
  6. Neumer, Chris. „Meagan Good Interview“. Stumped? Magazine. 3-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2012-yil. „I'm a Christian, but not a religious Christian. I'm just very spiritual. I have my belief system and anything I feel would be disappointing to God I don't do. But, it has to be my personal feeling not someone else's or my pastor's or my mom's. If I feel that it's going to be disappointing to him, I won't do it.“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]