Mayns
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mayns — Germaniyadagi shahar. Reyn daryosi boʻyida, Reynland-Pfals yerida. Aholisi 185,9 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, dare porti. Transport mashinasozligining yirik markazi. Elektrotexnika, kimyo, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oyna, sement, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Reyn vinolari savdosi markazi. Universitet (1477), konservatoriya, Fan va adabiyot akademiyasi, milliy teatr, Gutenberg muzeyi va boshqa muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, gotika cherkovi, kyurfyurstlar qasri va boshqa saqlangan. Shaharga miloddan avvalgi 1-asrda qad. rimliklarning Mogonsiakum lageri sifatida asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |