Ipak yigirish va pishitish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ipak yigirish va pishitish — ipakni yigirish — ipak oʻrash, shoyi toʻqishda ajraladigan chiqindilardan yigirish mashinasida ipak olish. Chiqindilarni yigirishga tayyorlash uchun u saralanadi, changdan tozalanadi, yuviladi va qaynatib qu-ritiladi. Tayyorlangan xom ashyo titiladi, shtapellanadi, tarash mashinasidan 3—4 marta oʻtaziladi va pilta taxlash mashinasida xolst (tolalar tu-tami)ga aylantiriladi. Pilta mashinasida xolstdan pilta tayyorlanadi. Pilta pilik mashinasida pilikka aylantiriladi. Yigirish mashinasida piliklarni qoʻshib, choʻzib ingichkalanadi, pishitiladi va naychalarga oʻraladi. Ipak yigirish mashinasi paxta va jun yigirish mashinasidan, asosan, choʻzish mexanizmi bilan farq qiladi. Yigirilgan ipaklar juftlanib va pishitilib (juftlash va pishitish mashinalarida), keyin ularga pardoz beriladi.

Ipakni pishitish — xom ipak yoki kam pishitilgan kimyoviy ipakdan pishiq, tekis, zich va silliq ipak olish jarayoni. Bir necha xom ipak to-lasini qoʻshib, pishitish mashinasida pishitiladi (buraladi). Pishitilish darajasi (1 m uzunlikka toʻgʻri keladigan buramlar soni) ipakning nomeriga va xom ipak tolasining qoʻshib pi-shitilishiga bogʻliq. Ipak asosan quruq holda, maxsus mashinalarda pishitiladi. Halqali va 2—4 yarusli ipak pishitish mashinalari bor. Ipak pishitish mashinasining urchugʻi va yugurdagining aylanishi natijasida ipak buralib pishiydi. Urchuq va yugurdak oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanganda ipak ham bir marta buraladi. Yugurdak urchuqdan sekinroq aylanganligi tufayli ipak gʻaltakka oʻraladi. Pishitilgan ipakning burami ochilib ket-masligi uchun unga issiklik yoki bugʻ bilan vakuumda ishlov beriladi. Yigirilgan va pishitilgan ipak pardozlanadi (oxorlanadi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil