Varikap

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Varikap (ing . vari (able) — oʻzgaruvchan va car (acitu) — sigʻim) — yarim-oʻtkazgichli elektr kondensator. Elektr sigʻimi qoʻyilgan kuchlanishga bogʻliq boʻladi. V. kremniy, germaniy va galliy arsenid asosida tayyorlanadi. Tashqi elektr maydoni V.dagi zaryadni va elektr sigʻimni oʻzgartiradi. V.ning ikkinchi turi fotovarikapdir. U yarimoʻtkazgichli fotoelement. Unda elektr sigʻimi sirtga tushayotgan yorugʻlik oqimi intensivligiga bogʻliq boʻladi. Shu qonuniyatga asoslanib, V.dan yorugʻlik taʼsirida boshqariladigan elektr sigʻim sifatida foydalanish mumkin. V. hisoblash texnikasida, radioelektronika va b. sohalarda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil