Kolumbiya (okrug)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolumbiya, Kolumbiya okrugi — AQShdagi federal (poytaxt) okrug. AKShning hozirgi poytaxti Vashington shahrini qurish uchun 1791-yilda Merilend shtatidan ajratilgan hudud. Maydoni 0,2 ming km². Aholisi 571,8 ming kishi (2001). Okrug Potomak daryosining soʻl sohilida, Virginiya va Merilend shtatlari oraligʻida joylashgan. 1878-yildan okrug chegarasi Vashington shahri ning munitsipal chegarasi hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil