Gemiplegiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gemiplegiya (gemi... va yun. plegin — shikastlanish) — gavda oʻng yoki chap yarmining toʻliq falajlanishi. Koʻpincha gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab boʻladi. G. miya oʻsmasi, yalliglanishi va jarohatlanishining alomati boʻlishi ham mumkin. G.ga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, doridarmomdan tashqari falajlangan oyoq-qoʻl uqalanadi, shifobaxsh fizkultura buyuriladi va fizioterapiya usullari qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil