Brioniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brioniya
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Urugʻ: Brioniya

Brioniya (Bryonia) — qovoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 15 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi uchraydi. Oq B. (V. alba) — yoʻgʻon ildizli, mayda sariq gulli oʻsimlik. Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻsadi. Tarkibida brionin degan zaharli glikozid va boshqa moddalar bor. Xalqtabobatida ogʻriq qoldiruvchi, qon toʻxtatuvchi, surgi dori sifatida, yoʻtal va yaralarni davolashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda uchraydigan tarvuzpalak (V. dioica) ham shu maqsadlarda qoʻllaniladi. Tarkibida briomarid, briodulkozid va boshqa moddalar bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil