Bayron Jorj Noel Gordon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Byron, 1830

BAYRON (Vugop) Jorj Noel Gordon (1788.22.1, London - 1824.19.4, Misolungi, Gresiya) — ingliz shoiri, Kembrij untida oʻqigan. Lordlar palatasi aʼzosi (1809-yildan). "Chayld Harold ziyorati" dostonini (1812, 1817 — 18) yaratdi. Sharq dostonlari turkumidagi "Kofir", "Abidoslik kelin" (1813), "Qaroqchi", "Lara" (1814), "Korinf qamali", "Parizod" (1816) kabi dostonlari Nizomiyning "Layli va Majnun", Firdavsiyning "Yusuf va Zulayho" asarlari taʼsirida yozilgan. B. 1817 — 22 yillarda Italiyada yashaydi. "Tasso shikoyati" (1817), "Mazepa" (1818) poemalari, "Manfred" (1817), "Xotin" (1821) dramalarida adolatsizlikka qarshi kurashga chaqiradi, inson va dunyo muammosi yetakchi mavzu boʻlgan. B. 1818-yilda "Don Juan" sheʼriy romanini yozishga kirishgan. Asarda inson va muhit masalasi birinchi oʻringa chiqqan. Bunda B. romantizmdan realizmga oʻtgan (asar tugallanmagan). Uning qator sheʼrlari, "Chayld Harold ziyorati", "Manfred", "Shiylon tutquni", "Shiylon soneta" dostonlari oʻzbek tilida nashr qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil