Usmon Azim: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
 
Uzgen (munozara | hissa)
(Farq yoʻq)

22-May 2006, 22:19 dagi koʻrinishi

Usmon Azim Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug’ilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

1979 yilda “Insonni tushunish” nomli ilk she’riy kitobi chop etilgan. Shundan so`ng uning “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Ko`zgu” (1983), “Surat parchalari” (1985), “G’aroyib ajdarho” (1990), “Uyg’onish azobi” (1991), “G’ussa” (1994), “Uzun tun” (1994), “Bor ekanda, yo`q ekan” (1995), “Saylanma” (1995), “Kuz” (2001) she’riy to`plamlari bosildi.

Uning qator hikoyalari, esselari va “Alpomish” kinodostoni e’lon qilingan. “Jodu” (2003) nasriy to`plami chop etildi.

Sevgi” (1998) filmining stsenariysini o`z hikoyasi asosida yozgan. Uning stsenariysi asosida ikki qismdan iborat “Alpomish” (2000) filmi ham suratga olindi. “Alpomish” dostonining kinotalqini uchun muallif maxsus mukofot oldi.

Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada (“Baxtli bo`laylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va Malika” p’esalari) o`zini sinab ko`rgan shoir, keyingi yillarda teatr uchun ham yoza boshladi. “Bir qadam yo`l” (2002), “Kunduzsiz kechalar” (1998) va “Alpomishning qaytishi” (2000) dramalari sahnalashtirilgan. Hamza teatri sahnasida qo`yilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli Andijonda bo`lib o`tgan xalqaro festivalda yetti nominatsiya bo`yicha g’olib deb topildi, jumladan, “Eng yaxshi spektakl” degan mukofotga sazovor bo`ldi. Muallif esa “Eng yaxshi dramaturg” degan mukofot bilan taqdirlandi.

Alpomishning qaytishi” uchun muallif 1999 yilning “Eng yaxshi dramaturgi” deb e’tirof etildi.

Milliy teatrda qo`yilgan “Bir qadam yo`l” dramasi asosida qo`yilgan spektakl ham "2002 yilning eng yaxshi spektakli" degan e’tirofga sazovor bo`ldi.

Uzmon Azim – “O’zbekiston xalq shoiri”, “Ofarin” mukofotining ilk g’oliblaridan biridir. Shuningdek, Gurjistonning V. Mayakovskiy mukofoti laureati.


Asarlari Usmon Azim. Saylanma. T.: "Sharq", 1995. Usmon Azim. Kuz. T.: Adabiyot va san’at, 2001.