Internet: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.6.4) (Bot Qoʻshdi: ltg:Škārsteiklys
k r2.5.2) (Bot Oʻchirdi: or:ଇଁଟରନେଟ
Qator 11: Qator 11:


[[Turkum:Internet]]
[[Turkum:Internet]]

[[ltg:Škārsteiklys]]


[[ace:Internèt]]
[[ace:Internèt]]
Qator 102: Qator 104:
[[lo:ອິນເຕີເນັດ]]
[[lo:ອິນເຕີເນັດ]]
[[lt:Internetas]]
[[lt:Internetas]]
[[ltg:Škārsteiklys]]
[[lv:Internets]]
[[lv:Internets]]
[[mg:Internet]]
[[mg:Internet]]
Qator 122: Qator 123:
[[nrm:Enternette]]
[[nrm:Enternette]]
[[oc:Internet]]
[[oc:Internet]]
[[or:ଇଣ୍ଟରନେଟ]]
[[or:ଇଁଟରନେଟ]]
[[os:Интернет]]
[[os:Интернет]]
[[pag:Internet]]
[[pag:Internet]]

23-Mart 2011, 12:57 dagi koʻrinishi

Internet standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.

Internet yaratilish tarixi

1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tug`ildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan to`r, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo bo`lishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki bo`ldi.

Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984 yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995 yil internetning tijorat versiyalari paydo bo`la boshladi.

1991 yil CERN Butunjahon o`rgimchak to`ri loyihasini e'lon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo bo`lishidan 2 yil keyin sodir bo`ldi. 1993 yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo bo`ldi va 1994 yilda internetga ommaviy qiziqish tug`ila boshladi. 1996 yildan internet so`zidan keng foydalana boshlandi, biroq u, asosan, Butunjahon o`rgimchak to`rini anglatadi.

Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yo`qligi uni organik rivojlanishiga sabab bo`ldi. hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.