Eiffel minorasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MelancholieBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: dsb:Eiffelowy torm
SieBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: nah:Tour Eiffel
Qator 104: Qator 104:
[[mn:Эйфелийн цамхаг]]
[[mn:Эйфелийн цамхаг]]
[[ms:Menara Eiffel]]
[[ms:Menara Eiffel]]
[[nah:Tour Eiffel]]
[[nds-nl:Eiffeltoorne]]
[[nds-nl:Eiffeltoorne]]
[[nl:Eiffeltoren]]
[[nl:Eiffeltoren]]

5-Dekabr 2009, 01:51 dagi koʻrinishi

Eiffel minorasi - Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli me'morchilik namunasi bo'lib, o'z konstruktori Gustave Eiffel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashxur ob'yektidir.

Bino qurilishi, 1887 iyul.

Minora 1889 -yildagi Umumjahon ko'rgazmasi uchun qurilgan. Moris Koshlen va Emiel Nugye tomonidan namoyish etilgan chizmalar ko'rgazmaga tayyorgarliklar e'lon qilingan musobaqada birinchi sovrinni qo'lga kiritgan. Eyfel zavq-u shavq bilan : "Fransiya 300 metrlik flagshtok joylashgan yagona mamlakat bo'ladi", deb aytgan.

Eyfel minorasi o'lchovlari.

Inshoot ajoyib va tezkor omad oldi. 6 oylik ko'rgazma jarayonida "temir leydi"ni ko'rgani 2 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Yil oxiriga kelib, qurilish uchun ketgan xarajatlarning 3/4 qismi qoplandi. Ma'lum bo'lishicha, 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruksiyani "foydasiz va ko'rimsiz" ta'riflab raddiyalar yozganlar.

Minora Yen ko'prigi qarshisidagi Mars maydoni da qad tiklagan.

Qurilish ishlari 300 ishchi bilan 2 yil - 1887 yilning yanvar oyidan 1889 yilning mart oyigacha bo'lgan oraliqda bajarilgan. Bunday rekord natijalarga 12 000 dan ortiq metal detallarning o'lchamlari aniq ko'rsatilgan yuqori sifatli chizmalar asosida erishilgan. 2,5 mln dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. Minoraning balandligi (uning yuqorisidagi 22 metr uzunlikdagi televizion antenna kiritilmagan holda) 300 metrni tashkil etadi. Minora o'sha davrning eng baland binolari Xeops piramidasi 137 m dan deyarli 2 barobar baland edi.

Metall konstruksiyalar og'irligi - 7 300 t ni tashkil etadi (umumiy og'irligi esa 10 100 t). Poydevor beton asosdan iborat. Kuchli shamol vaqtida minora chayqalishi 15 sm dan oshmaydi. Minora 1889 yildagi ko'rgazmada Parij timsoli sifatida qurilgan va Parijga kirish arkasi sifatida foydalanilgan.

Pastki qavat o'zida 57,63 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramidani namoyish etadi; qubbada Eyfel minorasini birinchi platformasi joylashgan. Bu platformadan ham ikkinchi 115,73 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramida-minora ko'tarilgan. To'rt ustun piramida holatida pog'onama-pog'ona yaqinlashib, 190 metrlik piramida shaklini beruvchi ustunni ifodalagan; uchinchi platformada 300 m balandlikdagi maydonda gumbazli mayoq mavjud. Minoraga 1792 pog'onadan iborat zinalar va lift olib chiqadi.

Galereya

Havolalar


Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA

Andoza:Link FA