Tilshunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qo‘shdim. Ortiqchasini olib tashladim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Yangi qo‘shdim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 72: Qator 72:
Shuningdek, tilshunoslik tarix, arxeologiya, adabiyotshunoslik kabi ijtimoiy, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya kabi aniq va tabiiy fanlar bilan ham bog'liq.
Shuningdek, tilshunoslik tarix, arxeologiya, adabiyotshunoslik kabi ijtimoiy, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya kabi aniq va tabiiy fanlar bilan ham bog'liq.


Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. — T.: "Barkamol fayz mediya", 2016, 192 b.
== Yana q. ==
Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi: darslik. — T.: "Shafoat Nur Fayz", 2020, 256 b.

* [[Alifbo]]


== Manbalar ==
== Manbalar ==

23-Iyul 2022, 00:55 dagi koʻrinishi

Tilshunoslik (lingvistika) tilning o‘ziga xosligi: ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tarixiy taraqqiyoti, shuningdek, tilning grammatik qurilishini oʻrganuvchi fan hisoblanadi. T.ning amaliy va nazariy turlari mavjud: Nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatik tarkibi) va uning maʼnosi (semantikasi)ni oʻrganadi. U, asosan, quyidagi bo‘limlarni qamrab oladi: - grammatikaning tarkibiy qismlari: 1) morfologiya (so'zning grammatik ma'nosi va uni ifodalovchi grammatik shakllarni o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi); 2) sintaksis (so'z birikmasi hamda gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi); - fonetika va fonologiya (tilning tovush tizimi,  bo‘g‘in, urg‘u, fraza kabi og‘zaki nutq birliklari xususiyatini o‘rganuvchi soha); - leksikologiya (so‘zning lug‘aviy (atash) ma'nolarini o‘raganadi); - frazeologiya (iboralarni tadqiq etadi)... Amaliy tilshunoslik, asosan, lingvistikada oʻrganiladigan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. U eksperimental fonetika, grafika (alifbo), orfografiya (imlo qoidalari), orfoepiya (to‘g‘ri talaffuz me'yori), leksikografiya (lug‘at va uning turlari), lingvostatistika kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, transkripsiya, transliteratsiya masalalari bilan ham amaliy tilshunoslik shug‘ullanadi. Maqsadi, vazifasi va boshqa belgi, xususiyatlariga ko‘ra tilshunoslikning quyidagi yo‘nalishlari o‘zaro farqlanadi: a) xususiy tilshunoslik; b) umumiy tilshunoslik; d) amaliy tilshunoslik; e) struktural lingvistika; f) matematik lingvistika

Xususiy tiishunoslik o‘zbek tilshunosligi, rus tilshunosligi kabi ma'lum bir tilning belgi-xususiyatlarini o‘rganadi. Umumiy tilshunoslik dunyo tillariga xos umumiy belgi-xususiyatlar bilan shug'ullanadi. Amaliy tilshunoslik, yuqorida ta'kidlanganidek, lingvistik masalalarni amaliy yo‘l bilan tadqiq etadi, nazariyani amaliyotga tatbiq etadi. Struktural lingvistika (strukturalizm ) - tilshunoslikning tekshirish manbaini tildagi ichki munosabatlar va aloqalar bilan chegaralovchi soha. Matematik lingvistika - tilni tadqiq etish va tasvirlashda matematik metodlardan foydalanish imkomyatlarini o'rganuvchi soha. Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: 1. Fonetika.  Nutq tovushlarining artikulyatsion va akustik xususiyatlarini, bo‘g‘in, urg'u, ohang va fonetik hodisalami o‘rganadi. 2. Fonologiya. Fonetik birliklarning vazifasini o‘rganadi, fonema, sillabema, aksentema kabi atamalar uning o‘rganish obyektidir. 3. Grafika (alifbo). Yozuv va uning turlari, alifbo, harf, tovush va harf munosabati kabi masalalarni o‘rganadi. 4. Orfoepiya (talaffuz). Adabiy tilga xos to‘g‘ri talaffuz me'yorlarini o‘rganadi. 5. Orfografiya (imlo). Imlo qonun-qoidalari va tamoyillarini o‘rganadi. 6. Leksikologiya (so‘zshunoslik, leksika, leksemika). Leksema va uning lug‘aviy ma'nosi, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, so‘z ma'nosi taraqqiyotini o‘rganadi. 7. Paremiologiya. Tildagi barqaror birikmalar: maqol, matal va aforizmlar(hikmatli so‘zlar)ni o‘rganadi. 8. Frazeologiya. Frazeologizm (frazema, ibora) va uning shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlarini o‘rganadi 9. Etimologiya. So‘z va morfemalarning kelib chiqish tarixini o‘rganadi. 10. Dialektologiya (shevashunoslik). Tildagi sheva va lahjalarni o‘rganadi. 11. Terminologiya (atamashunoslik). Termin va unung turlari, termin tuzish, qo‘llash masalalarini o‘rganadi. 12. Leksikografiya (lug‘atshunoslik). Lug‘at va uning turlari, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasini o‘rganadi. 13. Morfemika (so‘z tarkibi). So‘zning tarkibi, morfema va uning turlari (yetakchi morfema va ko‘makchi morfema(affiks)lar)ni, shuningdek, so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini o‘rganadi. 14. So‘z yasalishi. Yangi so‘z yasash usullarini o'rganadi. 15. Grammatika: a) morfologiya. So‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik ma'no va shakllarini o‘rganadi. b) sintaksis. So‘z birikmasi, gap va ularning turlarini o'rganadi. 16. Punktuatsiya. Tinish belgilari va ularni qo‘llash qoidalarini o'rganadi. 17. Uslubiyat (stilistika). Til birliklarining uslubiy imkoniyat va xususiyatlarini, uslubiy bo‘yog‘i hamda nutq uslublarini o‘rganadi. Tilshunoslik fani taraqqiyotida yuzaga kelgan turli lingvistik maktab va oqimlar tilga qanday yondoshishi hamda tahlil metodlarini turlicha bo‘lishidan qat'i nazar hozirgi zamon tilshunosligi quyidagi uch asosiy tarmoqqa bo‘linadi: 1) intralingvistika (ichki lingvistika); 2) ekstralingvistika (tashqi lingvistika); 3) komparativistika (qiyosiy-tarixiy tilshunoslik). Intralingvistika (ing.) tilning ichki tuzilishi, uning birliklari va kategoriyalarini, til sathlarining o‘ziga xosligini nolisoniy omillarga bog‘lamasdan o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika intralingvistikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi. Ekstralingvistika (lot. extra - tashqi + fran linguistique - tilga xos) tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganib, sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) va mentalingvistika (menta < lot. mens, mentis - ang - tafakkur)ni o'zida birlashtiradi. Sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika til va tafakkur, tilning mazmun tomonini, nutq faoliyati, kontekst va situatsiya bilan aloqasini o‘rganadi. Komparativistika (lot. comparativus - qiyosiy) - qarindosh tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik tarmog‘i. Komparativistika qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, areal lingvistika, tipologiya (universal lingvistika)ni o‘z ichiga oladi. Avvalo,  qiyosiy tilshunoslik qiyosiy-tarixiy va chog‘shtirma tilshunoslikka bo‘linadi. [  ] Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik qarindosh tillarni o‘rgansa, chog‘ishtirma tilshunoslik turli tizimdagi tillarni chog‘ishtirib, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlaydi. Masalan, o'zbek-ingliz tillarining qiyosiy grammatikasi kabi. [  ] Areal (lot. areal - maydon) lingvistika dunyodagi tillarning xaritasi, turli mamlakatlarning til tomonidan tavsifi, ayrim tillar va til guruhlari hamda sheva, lahjalarning tarqalish doirasini o‘rganadi. [  ] Tipologiya (grek. typos - iz, shakl, narnuna + togos - ta'limot) esa tillarni tipologik tasnif qilish tamoyillarini o'rganuvchi soha hisoblanadi. Hozirda tilshunoslikning bu tarmog'i ancha rivojlanmoqda. Demak, tilshunoslik fanining asosiy predmeti muhim va murakkab ijtimoiy hodisa sanalmish til bo'lib, uning barcha qirralari, belgi-xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti shu fan tarmoqlari va sohalari tomonidan tadqiq etiladi. Insonning nutqiy faoliyati so'zlashish, eshitish, sezish va o‘qish kabi murakkab jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlar faqat tilshunoslikda emas, balki boshqa fanlarda ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra, inson tili mustaqil manba sifatida bir necha fanlarning predmetini tashkil etadi. Tilshunoslik til bo'yicha tadqiqot ishlari olib borganda boshqa fanlarning xulosalariga ham tayanadi va, aksincha, barcha fanlar ham til materiallaridan foydalanadi. Bundan ko‘rinadiki, tilshunoslik, deyarli, barcha fanlar, jumladan, falsafa, psixologiya (ruhshunoslik), sotsiologiya, mantiq (logika) kabi fanlar bilan aloqada, hamkorlikda ish olib boradi. Har bir fanning tilni qaysi tomoni yoki aspektini o‘rganishi o‘sha fanning predmetini tashkil etadi.

Tilshunoslik, ayniqsa, falsafa bilan chambarchas bog‘liq. O‘tmishda tilshunoslik ham falsafa fanining bir tarmog‘i bo‘lib, keyinchalik mustaqil fan maqomini olgan. Falsafa tilshunoslikning metodologiyasmi belgilab beradi. U turli fanlar, jumladan, tilshunoslik uchun xarakterli bo‘lgan tahlil tamoyillari va metodlarini tanlash hamda belgilashda yordam beradi. Tilshunoslikning mantiq fani bilan aloqadorligi shundaki, til - fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining o‘rganish manbaidir. Fikr va til o‘zaro bog‘liq bo‘lgani kabi grammatik va logik kategoriyalar ham bir-biriga o'zaro aloqador. Tilshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan ham uzviy bog‘liq. Ruhshunoslik inson ruhiy (psixik) jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganadi. Insoning ruhiyati tilda, nutqda o'z ifodasini topadi. Til va ruh o‘rtasidagi masalalar psixolingvistikada o‘rganiladi. Demak, psixolingvistika psixologiya bilan lingvistikaning sintezi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, nutqni qabul qilish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi. Darhaqiqat, inson ma'lum miqdordagi tajriba, qoidalar yordamida yangidan yangi jumlalarni yaratish qobiliyatiga ega. Psixolingvistika fanining asosiy maqsadlaridan biri ana shu qobilyatning tabiati va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy o'rganishdir. Psixolingvistika til birliklaridan nutqiy jarayonda foydalanish va ularda shaxsning xususiyatlari, ruhiyati va tafakkuri, xarakteri va kayfiyati bilan bog'liq ma'no, tushuncha ifodalanishi kabi masalalarni o'rganadi. Shuningdek, tilshunoslik tarix, arxeologiya, adabiyotshunoslik kabi ijtimoiy, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya kabi aniq va tabiiy fanlar bilan ham bog'liq.

Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. — T.: "Barkamol fayz mediya", 2016, 192 b. Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi: darslik. — T.: "Shafoat Nur Fayz", 2020, 256 b.

Manbalar