Pfizer/BioNTech COVID-19 vaksinasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 29: Qator 29:
==Manbalar==
==Manbalar==
{{Manbalar}}
{{Manbalar}}

[[Turkum:COVID-19 vaksinalari]]

30-Iyun 2021, 05:14 dagi koʻrinishi

Pfizer/BioNTech vaksinasi — (BNT162b2) Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi tomonidan Amerika Pfizer va Xitoyning Fosun Pharma[1][2] bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan COVID-19ʼga qarshi mRNA asosidagi vaksinadir. Pfizer - BioNTech COVID - 19 vaksinasi[3] deb nomlangan pandemiyaning dastlabki bosqichlarida Comirnaty[4][5] savdo belgisi ostida tarqatilgan.

Preparat mushak ichiga yuborishga moʻljallangan. Bu lipid nanozarrachalarida[6][7] joylashtirilgan SARS-CoV-2 boshoqli oqsilining mutant shaklini kodlovchi nukleosid-modifikatsiyalangan mRNKdan iborat vaksinadir. Emlash uchun uch hafta oraligʻida ikki doza qabul qilinadi.

Vaksina 2020-yil avgust va sentyabr oylarida minglab odamlarda sinovdan oʻtkazilgan. Sinovlarda jiddiy yon ta’siri qayd etilmagan. Noyabr oyiga kelib, oraliq test tahlili doirasida COVID-19 tashxisi qoʻyilgan va ushbu vaksinani qabul qilgan tadqiqot ishtirokchilarida tekshiruv olib borilgan. Unda ikkinchi dozadan keyin yetti kun ichida infeksiyani oldini olishda 90 foizdan yuqori samaradorlikka erishilgani ma’lum boʻlgan. Bolalarga, homilador ayollarga yoki immunitet tanqisligi bo'lgan odamlarga qarshi emlashning samaradorligi va immunitetga javob berish muddati hozircha noma’lum[8][9].

Uchinchi bosqich sinovlari hali ham davom etayotgani sabab favqulodda vaziyatlarda avtorizatsiya talab qilinadi: asosiy natijalarni kuzatish 2021-yil avgust oyiga qadar va ikkinchi darajali natijalarni kuzatish 2023-yil yanvar oyiga qadar davom etadi. Buyuk Britaniya ushbu vaksinani favqulodda vaziyat protokoli boʻyicha foydalanishga ruxsat bergan birinchi mamlakat boʻldi. Undan keyin Bahrayn, Saudiya Arabistoni va AQSh, Kanada esa tezkor koʻrib chiqish jarayonidan soʻng toʻliq marketing vakolatini olgan.

Buyuk Britaniyaning sogʻliqni saqlash xizmati tomonidan koronavirusning „hindcha“ shtammiga qarshi qaysi prepatar samarali ekanini aniqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazilgan. Unda ijobiy natija koʻrsatgan vaksinalar qatorida Pfizer ham qayd etilgan. Pfizer vaksinasining ikki dozasi „hindcha“ shtammning „B.1.617.2“ turiga qarshi 88 foiz va Britaniyaning „B.1.1.7“ koronavirus variantiga qarshi 93 foiz samarali boʻlgan[10]. AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi koronavirusga qarshi emlangan baʼzi yoshlarda yurak muammolari paydo boʻlishi haqida xabarlarni koʻrib chiqmoqda. Yurak muammolari qatoriga miokardit, yaʼni odatda yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin boʻlgan yurak mushaklari (miokard)ning yalligʻlanishi kiritilgan. Muammolar asosan Moderna va Pfizer vaksinalarining ikkinchi dozasini olganidan toʻrt kun oʻtgach oʻsmirlar va yoshi kattalarda namoyon boʻlgan. Bundan tashqari, kasallar orasida erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq ekani aytilgan[11].

Manbalar

  1. „Draft landscape of COVID-19 candidate vaccines“ (en). WHO (2021-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  2. „Das China-Syndrom“ (de). Wirtschaftskurier (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  3. „Comirnaty“ (en). Comirnatyglobal (2021-yil 22-yanvar). — „На начальной стадии пандемии вакцина может распространяться под названием Pfizer‑BioNTech COVID‑19 Vaccine“. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  4. „EMA recommends first COVID-19 vaccine for authorisation in the EU“ (en). EMA (2020-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  5. „Swissmedic erteilt Zulassung für den ersten Covid-19-Impfstoff in der Schweiz“ (de). Swissmedic (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  6. Edward E. Walsh, Robert W. Frenck, Ann R. Falsey, Nicholas Kitchin, Judith Absalon. Safety and Immunogenicity of Two RNA-Based Covid-19 Vaccine Candidates // The New England Journal of Medicine. — 2020-10-14. — ISSN 0028-4793. — DOI:10.1056/NEJMoa2027906.
  7. Edward E. Walsh, Robert Frenck, Ann R. Falsey, Nicholas Kitchin, Judith Absalon. RNA-Based COVID-19 Vaccine BNT162b2 Selected for a Pivotal Efficacy Study // medRxiv. — 2020-08-28. — DOI:10.1101/2020.08.17.20176651.
  8. „Despite promise, many questions remain about Pfizer's Covid-19 vaccine“ (en). NBC News. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  9. „Covid vaccine: First 'milestone' vaccine offers 90% protection“. BBC News (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  10. Bugun.uz. „Коронавируснинг «ҳиндча» штаммига самарали бўлган илк вакциналар аниқланди“. https://bugun.uz/. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  11. Bugun.uz. „АҚШда коронавирусга қарши эмланганларда юрак муаммолари аниқланди“. https://bugun.uz/. Qaraldi: 2021-yil 24-may.