Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4: Qator 4:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (foydali tarix), T., 2001. Qahramon Rajabov.
* Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (foydali tarix), T., 2001. Qahramon Rajabov.
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

30-May 2020, 06:20 dagi koʻrinishi

Davlatmandbek Kamoliddinbek oʻgʻli (7—1922.4.8) — qoʻrboshi, Sharqiy Buxoroda bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi istiqlolchilik harakati rahbarlaridan. Buxoro amirligi davrida Baljuvon begi, devonbegi, lashkarboshi boʻlgan. Baljuvon va Sherobod bekliklarida katta yer-mulki boʻlgan. Amir Olimxon qizil qoʻshinga qarshi kurashda amirlik Qoʻshiniga Ibrohimbek va D.ni lashkarboshilar qilib tayinlagan (1920). D. Sharqiy Buxoroning Baljuvon, Konkurd, Chigʻon mintaqalarida qizil armiyaga qarshi mustaqillik bayrogʻini koʻtargan, 1921 y. boshida uning qoʻshini tarkibida 5000 dan ortiq yigit boʻlgan. 1921 y. 12 avg .da Baljuvonda Buxoro xalq respublikasi hukumatining favqulodda muxtor vakili Otaulla Xoʻjayev bilan D. qoʻrboshi oʻrtasida shartnoma imzolandi. Unga koʻra, yangi Buxoro hukumati tomonidan Sharqiy Buxorodagi yirik qoʻrboshilar D. va Sulton Eshon Baljuvon va Gʻarm inqilobiy qoʻmitalarining raisi qilib tayinlangan. D. Buxoro qududidan qizillar qoʻshinining olib ketilishi, Buxoro respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun izchil kurash olib borgan. Anvar Posho 1921 y. noyabrda Buxoroga kelgach, D. uning lashkari safiga qoʻshilgan. 1922 y. boshlarida D. yigitlari Dushanba atrofidagi Hisor va Baljuvon, shuningdek, Koʻlobda qizil askar qismlari ustidan gʻalabalarga erishgan. 1922 y. 4 avg .da Baljuvon yaqinidagi Obidara qishlogʻida qizil askarlar bilan boʻlgan mashhur jangda D. Anvar Posho bilan birga halok boʻlgan.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (foydali tarix), T., 2001. Qahramon Rajabov.