Islom polvon: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 6: Qator 6:
{{stub}}
{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

[[Turkum:Qoʻrboshi]]

30-May 2020, 05:53 dagi koʻrinishi

Islom polvon, Islomqul Sultonqulov (?—Qoʻqon—1923) — Fargʻona vodiysida Sovet tuzumiga qarshilik koʻrsatish harakatining bosh qoʻmondoni (1923). Mutasavvif shayx va polvon sifatida Fargʻonada mashhur boʻlgan. Turkiston mustaqilligi uchun chor Rossiyasiga qarshi koʻtarilgan gʻalayonlarda qatnashgan (1909—16). I. p. rahbarligida Qoʻqon va Oʻsh uyezdlaridagi Qoraboy, Mirza Umar, Eshmat boyvachcha, Madumar va Madali lashkar-boshilar, Hojixon Toʻra va b. qoʻrboshilar harakat qilgan. 1921—22 y.larda u Shermuhammadbekning oʻrinbosari edi. 1923 y. 1 yanvarda Shahrixonda boʻlgan qurultoyda Fargʻona vodiysida Sovetlarga qarshi harakatni boshqarish va qoʻrboshilar faoliyatini yagona maqsad sari yoʻnaltirib turish uning zimmasiga tushdi. Bu paytda I.p. qoʻl ostida 8000 yigit va 200 dan oshiq qurboshilar toʻplangan. Uning eng yaqin yordamchilari Qoraboy qoʻrboshi va Yormat maxsum edi. Bir qator muvaffaqiyatli jang harakatlaridan soʻng u Soʻx atro-fidagi jangda yengiladi (1923 y. avg .) va toqqa chiqib ketadi. Biroq Margʻilonga qaytib, yana kurashni davom ettiradi. 1923 y. 3 okt.da I.p. qizillar tomonidan asirga olinadi va 1923 y. dek.da Turkiston harbiy tribunale sayyor guruhi tomonidan (Qoʻqonda) otib tashlanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil