Kinostudiya: Versiyalar orasidagi farq
k > q Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 8: | Qator 8: | ||
{{manbalar}} |
{{manbalar}} |
||
{{no iwiki}} |
|||
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> |
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> |
12-May 2019, 02:47 dagi koʻrinishi
Film studiya yoki film studiyasi — filmlar ishlab chiqaruvchi korxona. Film studiyasi badiiy-ijodiy va texnik ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradi. Qanday film chiqarishiga qarab badiiy, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop, oʻquv film studiyasi, animatsion filmlar film studiyasiga ajraladi. Film studiyaning tashkiliy tuzilishi ishlab chiqariladigan filmlarga, ishlab chiqarish hajmiga, texnik jihozlarga bogʻliq. Film ishlab chiqarish 4 bosqichdan iborat: 1. Ssenariy tayyorlash; 2. Suratga olish uchun tayyorgarlik (suratga olish joyini, aktyorlarni tanlash, deqoratsiya, kiyim tayyorlash, film proba va tayyorgarlik oʻtkazish, film ishlab chiqarish rejasini tuzish; 3. Suratga olish. Bu eng masʼuliyatli va sermehnat bosqich boʻlib, film studiya pavilonida va tabiat quchogʻida amalga oshiriladi; 4. Filmni montaj qilish, unga ovoz berish, musiqa yozish va qayta ovoz berish.
Suratga oluvchi guruh asosiy ijodiy boʻgʻin boʻlib, film yaratish davrida barcha ijodiy va boshqa xodimlarni oʻz atrofida uyushtiradi. Suratga olishda badiiyijodiy guruh faoliyatiga film direktori rahbarlik qiladi.
Oʻzbekistonda "Oʻzbekfilm", "Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi", "Dostonfilm", "Yogʻdu", "Imon", "Inson", "Samarqandfilm", "Shod", "Yulduz" va boshqa K.lar, "Nashtar" hajviy kinojurnali, shuningdek, Oʻzteleradio qoshida "Oʻzbektelefilm" faoliyat koʻrsatmoqda.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |