197 605
ta tahrir
DastyorBot (munozara | hissa) k (hoz. → hozirgi) |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda, va b. → va boshqa using AWB) |
||
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va
Yuqori P. mil. av. 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{no iwiki}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|