Shotlandiya — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
clean up, replaced: km2 → km² using AWB
k (hoz. → hozirgi)
k (clean up, replaced: km2 → km² using AWB)
'''Shotlandiya''' - Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Buyuk Britaniya o.ning shim. qismi va unga yondosh orollar (Gebrid, Orkni, Shetland)da joylashgan. Mayd. 78,8 ming km2km². Aholisi 5 mln. kishidan ortiq (2000). Asosiy shahri — Edinburg . Maʼmuriy jihatdan 9 r-n va orol hududga boʻlingan. Yer yuzasi, asosan, qir va togʻlar, qisman pasttekislik. Sohil boʻyi kambar pasttekislik. Iqdimi okean iqlimi. Daryo va koʻl koʻp. Hududining 2/1 qismi vereskli yalangliklar. Aholisining asosiy qismi shotlandlar. Sh.da gellar shotland millatining oʻziga xos etnik guruhini tashkil qiladi.
 
SH.ning qadimiy aholisi piktlar boʻlgan. 5—6-asrlarda Irlandiyadan skottlar koʻchib kela boshlagan. Sh. nomi (5so11aps1 —skottlar mamlakati) shundan kelib chiqqan. 7-asrda Sh. hududining jan.ga angllar kelib joylashgan. 11-asrdan Sh. qirolligi tashkil boʻldi. 11 a.ning 2-yarmida Sh. Angliyaning normann bosqinchilari hujumiga uchradi. Shotland qiroli oʻzini Angliya qirolining vassali deb tan oldi. 1296—1314 yillarda Sh. Angliyaga qarshi mustaqillik urushini olib bordi. 1328 yil Angliya Sh. mustaqilligini tan oldi. 16-asrda cherkovni isloh qilish harakati avj oldi (q. [[Reformatsiya]]). 1560 yil Sh. parlamenti (1289—92 yillarda tashkil topgan) mamlakatda presviterianlik cherkovini taʼsis etish toʻgʻrisida Kovenant — shartnomani eʼlon qildi. 1603 yil Styuartlar sulolasi ingliz taxtida tasdiqlangach, Sh. Angliya bilan shaxsiy ittifoq (uniya) sifatida birlashdi. 1651 — 52 yil rasmiy ravishda Angliyaga qoʻshib olindi. 1707 yil Sh.Angliya ittifoqi toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilingach, Sh. butunlay Angliyaga qoʻshildi.
Teatri. Sh.da drama teatrlari 18-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan (Glazgoda 3 teatr qurilgan). 1769 yil aktyor va rej. D.Ross Edinburgda "Royyal" teatrini tashkil etdi. 1883 yil "Litseum" teatri ochildi. 1782— 1863 yillar Glazgoda "Danlop strit tietr", 1805—29 yillar "Kuin strit tietr", 1842—48 yillar "Adelfi", keyinchalik "Kuins tietr" va "Prins tietr" teatrlari ishladi. 1909 yil Glazgoda rej. A.Uering tashkil qilgan teatr milliy teatr sanʼati rivojida muhim rol oʻynadi. Unda xorijiy va shotland dramaturglarining pyesalari sahnalashtirildi. 1-jahon urushi boshlanishi bilan bu jamoa oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1921 yil "Shotland milliy aktyorlari" truppasi tuzildi. 1930-y.larda bu truppa tarqalib ketdi, ammo uning faoliyatini Glazgodagi "Kyortn tietr" teatri (1933—40) davom ettirdi. 1943 yil Glazgoda fuqarolik teatri ochildi. 1970— 80 yillarda "Travers tietr klab" (Edinburg), "Klouz studia tietr" (Glazgo) teatrlari ishladi. Pert, Dandi, Pitloxri va boshqalar shaharlarda ham teatrlar bor. Sh.ning mashhur teagr arboblari: M.Yurkvarg , D.Makre, J.Gibson, S.Bakster. Glazgo shahrida aktyor va rej.larni tayyorlovchi drama kolleji bor.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
1 365

ta tahrir

Navigatsiya